Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasining «VIP Kun» xizmatining narxi arzonlashdi

2010 yil 1 noyabrdan boshlab MTS-O’zbekiston kompaniyasi o’z abonentlariga yangilangan «VIP Kun» xizmatini taklif etadi. Uni aktivlashtirish narxi $0,99 dan $0,77 ga arzonlashtirildi. Eslatib o’tamiz, ushbu xizmatni aktivlashtirgan abonentlar butun keyingi kun davomida MTS-O’zbekiston tarmog’ida bepul cheksiz muloqotda bo’lishlari mumkin.
Quyidagi usullar orqali xizmatni aktivlashtirish mumkin:

• *111*0991# USSD-komanda yuborib («Mobil yordamchi» xizmati);
• «Mobil portal *111#» orqali;
• «Shaxsiy kabinet» orqali;
• 616099 raqamiga SMS orqali 1 yuborib («SMS-yordamchi» xizmati).

«МТS–O’zbekiston kompaniyasi doimo o’z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga intiladi va doimo o’z takliflarini takomillashtirib boradi. Bugun kompaniyamiz tarmoq ichida ko’p qo’ng’iroqlarni amalga oshiruvchi abonentlar uchun arzonlashtirilgan «VIP Kun» xizmatini taklif etadi. Endi ushbu xizmatni aktivlahtirish narxi atigi $0,77 tashkil qiladi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

Izoh
• Xizmat muvoffaqiyatli aktivlashtirilgach, keyingi kun boshida abonentga xizmat ko’rsatish vaqtincha to’xtatilgan bo’lsa, hisobga pul o’tkazilmaguncha xizmatdan foydalanib bo’lmaydi.
• Xizmatni aktivlashtirgan vaqtda abonent hisobida yetarlicha mablag’ ($0,77 dan ortiq) bo’lishi kerak. Aktivlashtirilganda mablag’ hisobga o’tkaziladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top