Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasining yangilangan SMS-paketlari

2010 yil 1 noyabrdan boshlab SMS-muloqotdan aktiv foydalanuvchilar uchun MTS-O’zbekiston kompaniyasi yangi «SMS 550» SMS-paketini ishga tushiradi. Uni O’zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlariga yuborish mumkin. Bundan tashqari, kompaniya avvalgi SMS-paketlar narxlari arzonlashganini o’z abonentlariga ma’lum qilishdan mamnun.

Quyidagi «SMS-paketlar»ga ulanish mumkin:

mts_1_11_2010_2

«SMS-xabarlar abonentlarimiz orasida eng mashhur xizmatlardan biri hisoblanadi, shu sababli biz abonentlarimizga yangilangan SMS-paketlarni taklif etamiz, ular yordamida aloqa xarajatlarini tejash va SMS-paketlarga ulanganda arzon narxda SMS-xabarlardan foydalanish mumkin», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shodmonov.

Har bir paket narxi unga ulanganda hisobdan olinadi. Har bir raqamga bir vaqtda ikkita «SMS-paket» ulash mumkin. Har bir «SMS-paket»ning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Aktivlashtirilgan SMS-paketda qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandasini yuborish kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: