Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston korporativ mijozlari uchun «Ofis raqami» xizmati

2011 yil 1 iyuldan boshlab MTS-O‘zbekiston kompaniyasi «Korporatsiya» korporativ tariflariga ulangan kompaniyaning korporativ abonentlariga yangi «Ofis raqami» xizmatidan foydalanishni taklif etadi.

Ushbu xizmat korporativ abonentlarga korporativ guruh ichida bepul muloqotda bo‘lishdan tashqari bitta shahar raqamiga bepul qo‘ng‘iroq qilish imkonini ham beradi, buning uchun TShTT raqamlar tizimidan yoki «O‘zbektelekom» AK viloyat filiallaridan bitta shahar raqamini «Ofis raqami» sifatida tanlashi va o‘rnatishi kerak. Ta’kidlash lozimki, «Ofis raqami»ga qo‘ng‘iroq qilinganda «Korporatsiya» tariflaridagi bepul daqiqalar sarflanmaydi.

Kompaniyaning korporativ abonentlari «Korporativ Internet yordamchi» orqali yoki MTS-O‘zbekiston ofisida yozma ariza yozib, «Ofis raqami»ni o‘rnatishlari mumkin.

Xizmat narxi:
• «Ofis raqami»ni o‘rnatgan har bir korporativ mijoz uchun abonent to‘lovi – $1,5 (oyiga);
• «Ofis raqami»ga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi – $0.

Izoh:
• Ta’kidlash lozimki, bitta korporativ mijozning barcha raqamlariga bitta «Ofis raqami»ni o‘rnatish mumkin;
• Korporativ mijozning barcha raqamlaridan «Ofis raqami» xizmati o‘chirib tashlangandan so‘ng, «Ofis raqami»ni almashtirish (yangi raqam o‘rnatish) mumkin;
• *111*202* USSD-komanda yordamida holatni tekshirish mumkin.

Xizmatlar haqida qo‘shimcha ma’lumotni kompaniya ofislarida, MTSning www.mts.uz saytida va 0890 raqami orqali Aloqa markazida bilib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: