Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston xalqaro rouming tarmog’i kengaydi

2011 yil fevral oyida MTS-O‘zbekiston abonentlari yana 6 ta operator tarmog‘ida xalqaro 3G-rouming xizmatidan, ya’ni ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bular: Vodafone Essar (Hindiston), Megafon (Rossiya), Vodafone (Malta), Elisa (Finlandiya), AT&T (AQSh), Digicel (Yamayka). Eslatib o’tamiz, HSDPA texnologiyasiga moslashgan 3G standartida faoliyat olib boradigan rouming-hamkor tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 3,6 Mbitga yetishi mumkin.

Hozirgi vaqtda UMTS (HSDPA) standartiga moslashgan telefonlarga ega bo‘lgan MTS-O‘zbekiston abonentlari 74 ta mamlakatning 111 ta operator tarmog’ida 3G-roumingdan foydalanib, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishlari mumkin.

Bundan tashqari, 2011 yil fevral oyidan boshlab Elisa (Finlandiya) va Vodafone (Malta) kompaniyalari tarmoqlarida GPRS-rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Shunday qilib, bugungi kunda kompaniya abonentlari jahonning 90 mamlakatidagi 152 operator tarmog’ida GPRS-roumingdan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, MTS-O‘zbekiston abonentlari 178 mamlakatning 343 ta hamkor operatorlar tarmog‘ida xalqaro ovozli rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top