Infocom.uz

МТS-O‘zbekistondan «Hisobni to‘ldirish uchun bonuslar» aksiyasi

2011 yilning 1-28 fevral kunlari MTS kompaniyasi abonentlari o’z hisoblarini 5 000 va 10 000 so’mga to’ldirsalar, SMS-paketlarga va Internet-paketlarga ega bo’lishlari mumkin.

Bonusga ega bo’lish uchun abonent MTS ofislarida naqd pul to’lab (shu jumladan bank plastik kartochkalari orqali), hamkorlarning to’lovlarni qabul qilish punktlari orqali hamda 5000 so’mlik Ekspress-to’lov kartochkalari orqali hisobni to’ldirishi kerak. Shundan so’ng abonentga u tegishli USSD-komanda yuborib, tarmoq ichida yuborish mumkin bo’lgan 50 ta SMSdan iborat paketga ega bo’lishi mumkinligi haqida SMS-xabar keladi.

Agar bir marta to’lovdan keyin abonent hisobiga 10 000 so’mdan ortiq pul tushsa, abonent o’z telefonida nafaqat 50 SMS-paketini, balki 25 Mb Internet-paketini ham aktivlashtirishi mumkin.

mts_2_02_2011

Paketda qancha SMS qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komanda teriladi, *111*019# USSD-komanda orqali Internet-paketda qancha megabayt qolganini bilish mumkin.

Izox:
«Baxtli karta» aksiyasi ishtirokchilari «Hisobni to’ldirish uchun bonuslar» aksiyasida ishtirok etmaydi.

• Bonus paketni informasion SMS-xabar kelganidan keyin 24 soat ichida aktivlashtirish mumkin.
• Agar mazkur aksiya ishtorokchisining nomida bir nechta nomer mavjud bo’lsa, informasion SMS-xabar abonentnig barcha nomerlarga uboriladi va shu nomerlardan qaysi biri birinchi bo’lib paketlarni aktivlashtirish USSD-komandasini yoborsa bonus shu nomerga aktivlashtiriladi.
• Ushbu aksiyalardan faqat jismoniy shaxs hisoblangan abonentlar foydalanishlari mumkin.

Aksiyalar haqida qo’shimcha ma’lumotni 0890 raqami orqali MTS Aloqa markazida, kompaniya ofislarida va www.mts.uz saytida bilib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top