Infocom.uz

MTS-O’zbekistondan yangi «Mening hisobim» xizmati

Balansni tekshirish mobil aloqa abonentlari orasida eng ommaviy servislardan biri hisoblanadi. «Mening hisobim» xizmati yordamida abonentlar har safar o’z hisoblari haqida so’rov yuborishlari shart emas – bor yo’g’i bir marta bitta komandani yuborish kifoya va har tongda soat 8:00 dan keyin avtomatik ravishda balans haqida batafsil ma’lumot keladi. Olingan xabarlarda nafaqat abonent hisobida qolgan summa, balki alohida xizmatlar bo’yicha balans, shuningdek oxirgi marta amalga oshirilgan to’lov summasi va sanasi ko’rsatiladi.
«Mening hisobim» xizmatiga ulanish:
• «Mobil portal» orqali: *111#;
• *111*0251# USSD-komanda yuborib;
• 616025 raqamiga «1»ni SMS orqali yuborib;
• Kompaniya ofislarida;
• «Shaxsiy kabinet» Internet xizmati yordamida.

Yuridik shaxslar bo’lgan kompaniya abonentlari yozma ariza berib yoki «Korporativ shaxsiy kabinet» orqali «Mening hisobim» xizmatiga ulanishlari mumkin.

Xizmat narxi – $0,1 oyiga.
Eslatib o’tamiz, MTS-O’zbekiston kompaniyasining barcha abonentlari *100# raqamiga qo’ng’iroq qilib yoki 6111 qisqa raqamiga 1 yoki 2 raqamini SMS orqali yuborib, o’z hisoblarini bepul bilib olishlari mumkin.

«Mening hisobim» xabarlari har oyning dastlabki 3 kunidan tashqari har kuni yuboriladi.
«Mening hisobim» xizmatiga barcha tarif rejalari abonentlari ulanishlari mumkin, RED tariflari abonentlaridan tashqari

Batafsil ma’lumotni МТSning www.mts.uz saytida, 0890 raqami bo’yicha MTS Aloqa markazida (MTS mobil telefonidan bepul) bilib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top