Infocom.uz

«МТS VIP» tarif rejasi yanada arzonroq

Har kuni mobil telefon orqali aktiv muloqotsiz hayotini tasavvur qila olmaydigan abonentlar uchun MTS-O‘zbekiston kompaniyasi yangilangan «МТS VIP» tarif rejasini taklif etadi. Endi ushbu tarifda har kunlik abonent to‘lovi $0,77 dan $0,55 ga arzonlashdi.

Eslatib o‘tamiz, yangi «МТS VIP» tarifida tarmoq ichidagi chiquvchi qong‘iroqlar, shuningdek mutlaqo barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – bepul. O‘zbekiston bo‘yicha qolgan barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi – $0,025.

««МТS VIP» tarifi ish yuzasidan va shaxsiy muloqot uchun mobil aloqadan aktiv foydalanishga o‘rganganlar uchun juda qulay taklifdir. Abonent to‘lovi arzonlashishi ko‘pchilik abonentlarimizga VIP-muloqotning barcha afzalliklarini his etish imkonini beradi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Shodmonov.

MTS ofislarida va kompaniya dilerlik punktlarida «МТS VIP» tarifiga ulanish mumkin. Kompaniyaning boshqa tariflardagi abonentlari quyidagi usullardan biri orqali «МТS VIP» tarifiga o’tishlari mumkin:

• Mobil-portal orqali *111#;
• *111*116# USSD-komanda yuborib;
• 616116 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Internet-yordamchi» orqali.

* Xalqaro qo‘ng‘iroqlar va qo‘shimcha xizmatlar o‘rnatilgan tariflarga muvofiq alohida to‘lanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta