Infocom.uz

«MTSdan Bonuslar» aksiyasi

O’zbekistonda SMS va MMS muloqotni yaxshi ko’ruvchilar uchun MTS kompaniyasi maxsus ravishda «MTSdan Bonuslar» aksiyasi o’tkazilishini e’lon qiladi, aksiya doirasida 2010 yil 10 fevraldan 28 fevralgacha istalgan SMS yoki MMS-paketni aktivlashtirgan kompaniya abonentlari 20% ko’proq chiquvchi SMS va MMS-xabarlarga ega bo’ladi.

MTS-O’zbekiston kompaniyasi Bosh direktorning tijorat bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Shodmonov yangi aksiya o’tkazilishini sharhlab berdi: «SMS va MMS servislar kundan-kunga ommalashib bormoqda, axir mazkur xizmatlar insonlarga qulayroq, qiziqarliroq va yorqinroq muloqotda bo’lish imkonini beradi. Umid qilamizki, bizning tashabbuslarimiz MTS abonentlariga yana ham qiziqarli va ta’sirli muloqotda bo’lish imkonini beradi va SMS va MMS xizmatlaridan foydalanuvchi barcha uchun ajoyib sovg’a bo’ladi».

Quyidagi SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin:

mts_10_02_2010_1

Har bir paket narxi ulanganda hisobdan olinadi. Bunda istalgan paket aktivlashtirilganidan keyin abonent hisobida kamida $2 qolishi kerak.

Bir vaqtning o’zida har bir raqamga ikkitagacha SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin. Har bir SMS va MMS paketning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Hisobni tekshirib ko’rish va aktivlashtirilgan SMS yoki MMS-paketda qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandasini yuborish kerak.

«MTSdan Bonuslar» aksiyasida barcha tarif rejalariga ulangan jismoniy shaxs hisoblangan abonentlar ishtirok etishlari mumkin («RED» va «TIME» abonentlaridan tashqari).

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top