SMS va MMS muloqotning aktiv foydaluvchilariga MTS kompaniyasidan yana bitta yaxshi xabar.
MTS-O’zbekiston kompaniyasi maxsus ravishda «MTSdan Bonuslar» aksiyasi o’tkazilishini e’lon qiladi, aksiya doirasida 2010 yil 22 apreldan 21 maygacha istalgan SMS yoki MMS-paketni aktivlashtirgan kompaniya abonentlari 20% ko’proq chiquvchi SMS va MMS-xabarlarga ega bo’ladi.
MTS-O’zbekiston kompaniyasi tijorat bo’yicha bosh direktorning o’rinbosari Nuriddin Shadmanov aksiyaning o’tkazilishini sharhlab berdi: «SMS va MMS-xabarlar abonentlarimiz orasida eng ommaviy va kerakli xizmatlar hisoblanadi. Kompaniyamiz o’z abonentlarining istaklarini inobatga olib “MTSdan bonuslar” aksiyasini ishga tushiradi.».
Quyidagi SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin:
Har bir paket narxi ulanganda hisobdan olinadi. Bunda istalgan paket aktivlashtirilganidan keyin abonent hisobida kamida $2 qolishi kerak.
Bir vaqtning o’zida har bir raqamga ikkitagacha SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin. Har bir SMS va MMS paketning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.
Hisobni tekshirib ko’rish va aktivlashtirilgan SMS yoki MMS-paketda qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandasini yuborish kerak.
«MTSdan Bonuslar» aksiyasida barcha tarif rejalariga ulangan jismoniy shaxs hisoblangan abonentlar ishtirok etishlari mumkin («RED» va «TIME» abonentlaridan tashqari).
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi