MTS kompaniyasi o’z abonentlariga yangi «Ajoyib suhbatlar» tarifini taklif etadi. Ushbu tarifning nomi o’zi aytib turibdi – yangi tarif o’z qarindoshlari va yaqinlari bilan uzoq vaqt suhbatlashadigan abonentlarga mo’ljallangan.
Ushbu tarifning asosiy ustunligi shundaki, tarmoq ichida suhbatning uchinchi va undan keyingi daqiqalar o’n marotaba arzon, chunki suhbatning birinchi 2 daqiqasidan keyin barcha keyingi daqiqalar narxi $0,001 (1 daq. uchun), birinchi ikki daqiqaning narxi – $0,01. Bundan tashqari, barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul, O’zbekiston bo’yicha qolgan barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi – $0,025. Ushbu tarifda abonent to’lovi kuniga atigi $0,22.
«Ajoyib suhbatlar» tarifiga МТS ofislarida va dilerlik punktlarida ulanish mumkin. Avval ulangan abonentlar («RED» tarif rejalariga ulangan abonentlardan tashqari) quyidagi usullardan biri orqali «Ajoyib suhbatlar» tarifiga o’tishlari mumkin:
• Mobil portal orqali: *111#;
• USSD-komanda yuborib: *111*117#;
• 616117 raqamiga SMS orqali «1» yuborib,
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.
* Xalqaro qo’ng’iroqlar va qo’shimcha xizmatlarga o’rnatilgan tariflarga muvofiq alohida haq to’lanadi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi