Infocom.uz

MTSning korporativ mijozlari uchun yangi «Korporativ Good’OK» xizmati

«Korporativ GOOD’OK» xizmati — bu noyob servis bo’lib, uning yordamida korporativ mijozlar o’z kompaniyalarining xodimlari telefonlariga oddiy uzun gudoklar o’rniga korporativ musiqa yoki foydali ovozli ma’lumot o’rnatishlari mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanib, korporativ mijozlar o’z korxonalarining korporativ uslubini va innovatsionligini yana bir bor ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

«Korporativ GOOD’OK» xizmati:

• Kompaniya raqamlariga korporativ musiqa o’rnatadi, ushbu musiqa brend yoki kompaniya faoliyatiga aloqador bo’lib, bir sutkadagi vaqt yoki bir haftadagi biror kunga qarab, barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar uchun oddiy chaqiriq signallari o’rniga yangraydi;
• Telefon orqali suhbat boshlanguniga qadar o’z hamkorlariga foydali ma’lumotni yetkazadi (masalan, ofis ish vaqti, kompaniyangiz mahsulotlari yoki xizmatlari haqida ma’lumot).

«Biz «Korporativ GOOD’OK» xizmati korporativ mijozlarimiz orasida ommaviylashuviga ishonchimiz komil. Axir ushbu xizmat mijozlarga kerakli ma’lumotni yetkazish uchun qo’shimcha imkoniyat beradi, bu esa, o’z navbatida, korporativ mijozlarimiz biznesi samaradorligini oshiradi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

«Korporativ GOOD’OK» xizmati haqida batafsilroq ma’lumotni, shuningdek musiqalar buyurtma qilish narxinini www.mts.uz saytida, 0990 raqami orqali Aloqa markazida yoki abonentlarga xizmat ko’rsatuvchi ofislarda olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top