“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnaliga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi shart:
Muallif yoki mualliflar tomonidan taqdim etilayotgan maqola mavzusi quyidadagi yo‘nalishlardan biriga mos kelishi shart:
Maqolalar ilmiy-tadqiqot natijalari, ilmiy asoslangan dalillar va ma’lumotlardan iborat bo‘lishi va ilmiy adabiyotlar tahlilini o‘zida aks ettirishi shart.
Maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Maqola quyidagi tartibda Microsoft Word muharriri yordamida shakllantiriladi:
Maqolaning hajmi:
Taqdim etilayotgan maqolalar IMRAD talabi asosida qabul qilinadi va quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi lozim:
MAQOLANING MAVZUSI
(Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda qalin, katta harfli formatda o‘rtada joylashishi lozim)
Muallifning familiya, ismi va sharifi
(Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda qalin, o‘rtada joylashishi lozim)
Ish joyi va lavozimi
(Times New Roman 14 o‘lchamda kursiv, o‘rtada joylashishi lozim)
Elektron manzil (e-mail)
(Times New Roman 14 o‘lchamda tagi chizilgan matn, o‘rtada joylashishi lozim)
Annotatsiya: Maqola annotatsiyasi 5-7 qatordan iborat bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi lozim. Annotatsiya maqolada ko‘tarilgan masala, uning dolzarbligi, masalaning yechimi uchun foydalanilgan uslubiyat, masalaning yechimi, muallifning ilmiy va amaliy hissasi haqida qisqacha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.( Times New Roman 14 o‘lchamda, kenglik bo‘yicha tekislash lozim, xatboshi 1,25 sm)
Kalit so‘zlar: Maqolaning mazmunini ochib beruvchi kamida 7 ta so‘zni o‘z ichiga oluvchi so‘zlardan iborat bo‘lishi lozim. Kalit so‘zlar ham o‘zbek, rus va ingliz tillarida har bir annotatsiyadan so‘ng yozilishi kerak. (Times New Roman 14 o‘lchamda kursiv, kenglik bo‘yicha tekislash lozim, xatboshi 1,25 sm)
KIRISH (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda)
Maqolaning kirish qismida maqolada ko‘tarilgan muammo, uning tavsifi, maqolada tadqiq qilingan masalaning tanlanish sababi, asoslari, uning dolzarbligi va ilmiy yangiligini o‘zida aks ettirishi lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda)
Bu bo‘limda tahlil etilgan adabiyotlar va metodologiyallari yoritiladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya qismida kichik sarlavhalar mavjud bo‘lsa, 14 o‘lchamda, qalin, Times New Roman bosma yozuvida, alohida xatboshiga ajratib yoziladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda)
Ushbu bo‘limda maqolaga oid bo‘lgan natijalar (jadvallar, grafiklar, diagrammalar va boshqalar) berilishi mumkin.
XULOSA (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda)
Bu bo‘limda maqolaning tugallangan xulosasi keltiriladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI (katta harflarda Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda)
Mazkur bo‘limda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi. O‘rganilgan adabiyot yoki manbaning muallifi, mavzusi, chop etilgan yili va joyi, nashriyot va qo‘llanilgan betlari ko‘rsatilshi kerak. Quyida turli manbalar uchun shakllantirish talabi keltirilgan.
Jurnal uchun:
Vebsaytlar
Kitob uchun
Maqolada qo‘llaniladigan rasmga foydalanilgan adabiyot havolasi (manba) ko‘rsatiladi va quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
1-rasm. Rasm nomi [1]
Jadval raqamlanishi yuqori chap qismda, nomlari jadvalning yuqori qismida bosma harflarda, shu bilan birgalikda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim.
1-jadval
Jadval nomi [1]
№ | Sarlavha 1 | Sarlavha 2 | Sarlavha 3 |
---|---|---|---|
1 | Matn | Matn | Matn |
2 | Matn | Matn | Matn |
O‘rnatilgan talablar asosida rasmiylashtirilmagan va maqola mazmuni mavzuga mos kelmaydigan maqolalar tahririyat
tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va qaytarilmaydi.
Keltirilgan talablar yakuniy emas, Tahririyat ba’zi maqolalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot so‘rash hamda maqolani qo‘shimcha ravishda
taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish huquqiga ega.
Maqolani chop etishga taqdim etish shartlari:
Maqolalar info@infocom.uz elektron pochta yoki @DiEconomy telegram manziliga yuboriladi. Maqola qabul qilingan kundan boshlab o‘n (10) ish kuni ichida ko‘rib chiqilib kamchiliklar aniqlangan holda, maqola qayta ishlashga yuboriladi. Maqola talablar doirasida shakllantirilgan bo‘lsa nashr uchun qabul qilinadi.
Maqolaning asosida matnning kamida 55% muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim (topshirilgan maqolalar antiplagiat uchun tekshiriladi).
Maqola boshqa ilmiy jurnallarda ilgari chop etilmagan, ko‘chirilmagan, boshqa muallifning maqolasi o‘zlashtirilmagan bo‘lishi kerak.
Muallif maqolada keltirilgan ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, tahririyat maqolada keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgarlikni
o‘z zimmasiga olmaydi. Mualliflik huquqiga rioya etish talab qilinadi.
Savol, taklif va murojatlar yuzasidan:
Elektron manzil: info@infocom.uz
Telefon raqam: +99855 501-03-02 (27) orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Jurnal, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAK tomonidan tan olingan
jurnallar sirasiga kiritish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”, 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot
tizimlari va texnologiyalari” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro integratsiya” ixtisosliklarida tahsil olayotgan mustaqil
izlanuvchilar va doktorantlarga bevosita xizmat qiladi.
"Raqamli iqtisodiyot" ilmiy-elektron jurnali maqola talablari
O’zbekiston matbuot va axborot agentligining №0237 raqami bilan guvohnomasi bilan OAV sifatida davlat tomonidan tasdiqlangan.