Infocom.uz

Multfilmlar uchun maneken

Qumarion 32 datchigi va 16 bog‘imli statsionar qurilmaga ma’lumotlar uzatish uchun USB-kabel orqali QUMA texnologiyasidan foydalanadilar. Qayta aloqa bir zumda amalga oshiriladi: bir soniyada 120 kadr tasvirlanadi, unga muvofiq animator manekenga kerakli vaziyatda harakatlanish buyrug‘ini beradi va shu ondayoq uni monitor ekranida ko‘rish mumkin boladi.

Yaratuvchilarning fikricha, Qumarion tizimi yordamida multfilmning uch o‘lchamli qahramonini zarur holatda bo‘lish va harakatlanishga majbur etish mumkin. Bu rassom-animatorning nafaqat kuchini, balki multfilm yaratish vaqtini ham tejaydi.

Qumarionni ishlab chiqarishda mualliflar, multfilm yaratishda innovatsion usulni taqdim etishga intildilar, buning evaziga rassom ekranda maneken yordamida modelni boshqara oladi. Klaviatura va sichqoncha yordamida qahramonning har bir harakat holatini qayd eta oladilar.

Qumarionning narxi nisbatan arzon — ishlab chiqaruvchilar to‘liq komplekt uchun bor-yogi $750 narx qo‘yganlar.

Manba: www.diginfo.tv

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top