Infocom.uz

MUTAXASSIS MAHORATINI RIVOJLANTIRISHDA AKMEOLOGIK YONDASHUVLAR

Har bir ishning samaradorligini va optimal natijalarini ta’minlash uchun kuchli, o‘tkir bilimga, yuqori iqtidorga, uyg‘unlashishga, tashkiliy madaniyatga, xulqqa, motivatsiyaga va bilim olish uchun moyillikka ega kadrlar o‘ta zarurligini hayot taqozo etmoqda. Har qanday ajoyib g‘oyalar, eng zamonaviy texnologiyalar, yaxshi tashqi va ichki sharoitlar mavjud bo‘lmasin, o‘z ishining ustalari, malakali mutaxassislari, mahorat egalarisiz hech qanday maqsadli strategiyani amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham insondagi idrokiy, aqliy zaxiralarga, inson salohiyatiga sarf etiladigan moddiy va ma’naviy sarf xarajatlar istalgan tashkilotni uzoq muddat faoliyat ko‘rsatish va raqobatbardoshlikdagi yetakchiligining asosiy omili bo‘lib qolmoqda.

Maqsadlarni amalga oshirishda ilg‘or korporatsiyalar o‘z personallarini o‘qitshga qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga, mehnatlariga sharoitlar yaratishga va bir butun jamoa bo‘lib ishlashiga alohida ahamiyat bermoqdalar. Ko‘plab kompaniyalarda menejerlarning yangi avlodi kirib kelmoqda, ular bilimlarning jahon oqimiga qo‘shilmoqdalar. Natijada bu mutaxassislar yangi tafakkur, yangicha qarashni o‘z hududlariga olib kirmoqdalar. Bunday yoshlarning yolg‘iz o‘zlari bunday global muammolarni hal eta olmaydilar. Shuning uchun ham iqtidorli ijodkor o‘smirlar, yoshlar bilan shug‘llanadigan markazlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Ulardagi mavjud qobiliyat nishonalarini ertaroq aniqlash, bolaligidan boshlang‘ich bosqich bo‘lib hisoblangan professigrammani olib borish lozim. Qobiliyat, iqtidorlik bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda rivojlanishida bo‘lishini nazarda tutish kerak.

Inson – texnika olamida mehnat predmeti-bu texnik obyektlar bilan bog‘langan turli-tuman kasblar majmuasi. Inson-inson xohishlari olami bo‘lib mehnat predmeti bu – odamdir. Uning sohalari: bunga shifokor, o‘qituvchi, psiholog, menejer, insonga xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha mutaxassislar va boshqalar kiradi. Inson belgi tizimlarini qiziqtiradigan mehnat predmeti-bu shartli belgilar, raqamlar, tabiiy yoki sun’iy tillar. Ulardan tarjimon, chizmakash, muhandis, topograf, kotiba, dasturlovchi va boshqa kasb ustalari chiqishi mumkin. Inson – badiiy obrazdagi mehnat predmeti – bu badiiy obrazlar va ularni tuzish hisoblaniladi. Bu qobiliyat nishonalariga ega bo‘lgan insonlar kelajakda ijod va yaratuvchanlik bilan shug‘ullanuvchi kasbiy mahorat egalari takomiliga yetadi. Shuning uchun ham aksariyat yoshlarni o‘z vatanimizda tarbiyalashda, o‘qitishda, kasbiy o‘sishida, mahorat cho‘qqisiga chiqishida mentalitetimiz va qadriyatlarimizni hisobga olgan holda yangi yondashuvlar, yangicha qarashlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni bosh masala darajasiga ko‘tarish zarur.

Keyingi yillarda jahonning ilg‘or mamlakatlarida ta’lim tizimini isloh etishga katta ahamiyat berilmoqda. Rossiyaning bir qator universitetlarida odam va ijtimoiy muhit faolligini oshirish masalalari bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bular pirovardida inson paydo bo‘lishidan to umrining oxirigacha davom etadigan tarbiya va o‘qitishni yaxlit ajralmas tizim deb qarashga va uni amaliyotga tatbiq etishga undamoqda. Bunda yosh ota – onalar, ijtimoiy muhit va bolaning olamini o‘zaro bog‘langan va harakatdagi tizimini yaratish e’tiborga molikdir. Bu tizimni o‘rganadigan fanlar yangi yondashuvlar, tamoyillar, metod va qarashlar bilan yanada boyib bormoqda. Insonni rivojlanish fenomenologiyasini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganuvchi, tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar integrallashuvida paydo bo‘lgan akmeologiya fani xuddi shunday fanlar sarasiga kiradi. Ko‘proq boshqarish nazariyasi, sotsiologiya, pedagogika va psihologiya bilan o‘zaro harakatda rivojlanib borayotgan akmeologiya fani so‘nggi paytlarda o‘z e’tiborini kadrlarni malakali mutaxassis tayyorgarligiga va uzluksiz ta’lim tizimiga qaratmoqda. Akmeologik yondashuv yordamida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini takomilashtirishni turli qirralarini hisobga olgan holda, malakali mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini ochish va rivojlantirish muammolari oldingi o‘ringa chiqib bormoqda.

Yoshiga qarab pedologiyani (bolalar va o‘smirlarni o‘rganadigan), kattalarni androgogikasini (shu jumladan, talabalar tinglovchilar va malakali mutaxassislar) va gerontologiyani (mehnat faxriylari) turli tomonlarini hisobga olib, ularning moyillik va qobiliyatlari diagnostikasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Uzluksiz va umumiy, malakali mutaxassis va to‘xtovsiz ta’lim tizimidagi bilim va ko‘nikmalarni diagnostikasi va rivojiga akmeologiya muhim ahamiyat bermoqda.

Malakali mutaxassis: berilgan mehnat turiga ijtimoiy mas’uliyat darajasiga, uning jarayoni va natijalariga qarab kasbga yaroqliligi, psihologik tayyorgarligini aniqlash orqali mehnat faoliyatini amalga oshirishdagi imkoniyat va natijalarini belgilash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Refleksli – innovatsion potensialni mahorat darajasigacha takomillashtirish va innovatsiyalarni ijtimoiy ahamiyatini baholashni, sarf etilgan intilishlarni hamda uni amalga oshirish yutuqlari asosida belgilash orqali o‘rganilmoqda. Reflektiv tomoniga ko‘ra: (rivojlanayotgan “Men” sifatidagi shaxsni o‘zligini anglash va mehnat faoliyati jarayonida kommunikatsiya bo‘yicha hamkorlarini tushuna bilishi bilan bog‘liq) tizim yaratuvchi faktor hisoblanib, insonni kasbiylashuvini belgilashda akmeologik aspektlarning optimal o‘zaro harakatini ta’minlaydi.

Maktab yoshidagi o‘quvchilar, tinglovchilar, talabalar, malakali mutaxassislar hamda katta yoshdagilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan turli vaziyatlarda, masalan: kasbiy ijodiy masalalarni yechish, refeksli madaniyatni shakllantirish, intensiv o‘yin metodlarini qo‘llash va boshqalar orqali rivojlanish imkoniyatlari ochilib boradi. Bunda akmeologik ta’lim texnologiyalarini o‘qitish amaliyotida tatbiq etish, ta’lim va ijodni rivojlanishini refleksli-psihologik konsepsiyasi asosida malakali mutaxassislarni tayyorlashda akmeologik yondashuvlarni tuzilmaviy tomonlarini hisobga olib borish lozim.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top