Infocom.uz

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholining elektron reyestrini yaratishga oid faoliyatini takomillashtirish, Toshkent shahar Sergeli tumanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali “Yagona oyna” – davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha tajriba sinov loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrda qabul qilingan “ZiyoNet” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi, “Axborot tizimlarida elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari sertifikatlarini qo‘llash va haqiqiyligini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish talablarining normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirish va aholining elektron reyestrini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va vazifalar to‘g‘risidagi taklif va mulohazalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda ilk bor Toshkent shahrining Sergeli tumanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali “Yagona oyna” – davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha tajriba sinov loyihasi amalga oshirilganligi va ushbu markaz orqali fuqarolarga qator yengilliklar yaratilganligi ta’kidlandi hamda bunday markazlarni yurtimizning boshqa viloyatlarida ham ochish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrdagi “ZiyoNet” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda soha mutaxassislari tomonidan ko‘rsatma va takliflar berildi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top