Infocom.uz

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

Majlisda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, asosiy vazifalari va maqsadlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlari rahbarlari, majlis qatnashchilariga keng va atroflicha tushuntirib berildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning uchinchi bosqichi hisoblanayotgan axborot tizimlarini joriy etish bilan birgalikda, ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga oid vazifalarning ijrosi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar va muddatlar belgilandi, O‘zbekiston Respublikasida 2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturning ijrosini ta’minlash yuzasidan reja-jadvali tasdiqlandi.

Shuningdek, davlat organlarida axborot tizimlarini joriy qilish va internet tarmog‘idan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmi va mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlanib, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Qarorda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil ish rejasiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Majlisda ayrim vazirlik va idoralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, dasturiy mahsulotlarning milliy ishlab chiqaruvchilarini hamda davlat organlarining AKT sohasidagi yuksak malakali mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralarning fikr mulohazalari tinglandi hamda qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda soha mutaxassislari tomonidan takliflar berildi. Yig‘ilish natijalari yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top