Infocom.uz

Navbatdan tashqari plenum

pic

Plenumda tashkiliy masala ko’rildi. Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi a’zolari – Samarqand viloyatidan N.Uralova oilaviy sharoitiga ko’ra vazifasini bajara olmasligi sababli; Qashqadaryo viloyatidan Z.Ergasheva pensiyaga chiqishi munosabati bilan; Buxoro viloyatidan A.Izbosarov, Navoiy viloyatidan R.Ko’chimovalar boshqa ishga o’tganligi sababli Markaziy kengash a’zoligidan chiqarildi. Ularning o’rniga Samarqand viloyatidan N.Mahmudova, Qashqadaryo viloyatidan R.Mamatqulov, Buxoro viloyatidan T.Teshabayev, Navoiy viloyatidan M.Rasulovlarning Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi tarkibiga vakillik vakolatlari tasdiqlandi.

Plenumda O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisi Tohir Nazirovich Nazarjonovning boshqa ishga o’tishi munosabati bilan o’z lavozimidan ozod qilish to’g’risidagi arizasi qanoatlantirildi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi rahbariyati, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Markaziy kengash rayosati a’zolari bilan kelishilgan holda O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisi hamda Kengash rayosati a’zosi etib To’lqin Zokirovich Teshaboyev saylandi.

O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisining o’rinbosari Shoista Qosimova boshqa ishga o’tganligi sababli uning o’rniga Shoista Mirhamidovna Sagatova O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisining o’rinbosari hamda Kengash rayosati a’zosi etib saylandi.

Shu bilan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi plenumi ishi yakunlandi.

Plenum ishida Markaziy kengash hamda taftish komissiyasi a’zolari, shuningdek, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A.Aripov, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisining birinchi o’rinbosari M.Sodiqovlar ishtirok etishdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top