Infocom.uz

Ofis texnikasi dizaynida yangi yo’nalishlar

Biz ajoyib bezatilgan va zamonaviy jihozlangan ofislarimizda printerlar, kopirlar va ko’p funksiyali qurilmalardan iborat. Ularni dizaynida ixchamlik, ranglari neytralligi va ko’zga tashlanmaligi asosiy hisoblangan xira rangli qurilmalar joy olgan bo’lishi mumkin. To’g’rida ishlashga mo’ljallangan moslamalar ishlashi kerak. O’zining chiroyi bilan mijozlarni maxliy qilib turishi zarur emas. Biroq Samsung kompaniyasi xodimlari boshqacha o’ylaydilar. Hatto raqamli dunyoda ham barchasi texnik ko’rsatkichlari ham va kattaliklari va albatta dizayni ham chiroyli hamda yorqin bo’lishi kerak deb hisoblaydilar. Elektronika jihozlari ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi hisoblangan Samsung Electronics kompaniyasi 2007 yil may oyida Berlin shahrida bo’lib o’tgan IFA ko’rgazmasidayoq ixcham monoxrom lazerli ML-1630 printerini va undan ham ixcham MFP Samsung SCX-4500 printerini namoyish etgan edi.

pic

Ularning tashqi ko’rinishlari ofis texnikasi dizaynida yangi yo’nalishni ochib berdi. Umuman olganda, ular oddiy ofis texnikasi bo’lishiga qaramay Berlindagi IFA 2007 ko’rgazmasida Samsung Electronics pavilonida mana shu qurilmalar namoyish etilgan stend oldida ko’plab qiziquvchilar to’planganligiga qarab Samsung ishlab chiqargan yangi ishchi qurilmalar yaxshi ko’rinishga ega deb aytish mumkin.

pic

2007 yilda Samsung Electronics turli qurilmalari dizaynida (televizorlar, uy kinoteatrlari, ultramobil PC, monitorlar, videoproektorlar, plazmali panellar, DVD-proigrivatellari va boshqalar) Black & White uslubi kuzatilishini aytib o’tish zarur – bu qurilmalar qora royal jilosi, bezak elementlari nozik, yorqin tusiga ega. Nima ham deyish mumkin, juda ham muvaffaqiyatli yechim: qora rangli yaltiroq jilosi (kompaniyaning o’zi aytishicha “royalli”) faqat chiroyli va boy ko’rsatibgina qolmay, balki har qanday yo’nalishdagi va har qanday ranglar tuslari bilan dizaynga juda mos keladi. Bosish qurilmalari ham mana shu uslubda bajarilgan. Samsung ML-1630 va MFU Samsung SCX-4500 printerlari zamonaviy yangi qurilmalar hisoblanadi. Ular kichik va o’rta biznesda qo’llanilishga mo’ljallangan bo’lib, narxlar o’rta kategoriyasiga kiradi.

Samsung ML-1630 monoxrom lazer printeri
Yangi ML-1630 printeri ko’rimli tashqi tuzilishi va juda ixchamligi bilan (332x375x121,5 mm, og’irligi – 6,4 kg) ajralib turadi. agarda istasangiz uni kitoyu javoniga o’rnatsangiz ham bo’ladi. Oddiy tuzilishi va shakli bilan an’anaviy qora royal jilvasi hamohangligi printerga har qanday joyni bezata oladigan minimalistik ko’rimlilikni beradi.

Printerlar eng murakkab elektron-mexanik qurilmalardan biri hisoblanishiga qaramay, ularning tashqi ko’rinishi va qulayligi nozik oddiylik xissini paydo qiladi. ML-1630 printerini ishlab chiqarishda foydalanilgan texnik yechimlar uning zamonaviy chiroyli ko’rinishiga juda mos keladi.

Sensorli datchik qulay, zamonaviy interfeysini ta’minlaydi va bir vaqtning o’zida odatiy tugmalarga qaraganda tez yemirilmaydi. Bundan tashqari suyuqlik to’kilib kyetsa ham qurilmani ishdan chiqarmaydi. Sapfir rangda yoritiladigan ko’k, animatsiyalangan displey ish rejimlarini yaxshi namoyish etadi, chop etish paytida esa chiqarilgan varaqlar sonini ko’rsatib turadi. ishga tushirish/o’chirish, tonerning miqdor darajasi kamayganligi yoki qog’ozning tugaganligi to’g’risida xabar qiluvchi musiqiy tovushlar foydalanuvchi uchun qo’shimcha axborotlar manbai bo’lib xizmat qiladi. Bir tugmaga bosganda chiqib keluvchi yarim avtomat qog’oz uchun kasyetasi, kartridjni almashtirish osonligi va qog’ozni chaynab yuborganida qog’oz yo’lini ochish uchun uchta nuqtadan foydalanish mumkinligi foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Novatorlik yechimlaridan foydalanish printerning akustik shovqinini 45 dB gacha pasaytirishga imkon berdi, bu sekin ovoz bilan gapirgandan ham (50 dB) past. Kimki, monoxrom lazerli printer, skaner, kopir kabi ko’p vazifalarni bajara oladigan qurilmaga ega bo’lishni istasa unga Samsung SCX-4500 yangi modeli juda mos keladi.

pic

Samsung SCX-4500: kichik va zamonaviy universal
Juda ixcham MFU Samsung SCX-4500 ham juda kam joy oladiva ish stoli ustida bemalol joylashtirish mumkin. Oddiy tuzilishi va shakli an’anaviy qora royal jilvasi bilan qurilmaga nozik ko’rinish beradi. Modelni yaratishda foydalanilgan yangi texnik yechimlar esa uning zamonaviy ko’rinishiga mos keladi va dizayni mahorat bilan bajarilganligini namoyish etib turadi.

Boshqarish sensorli tugmalari qurilmani boshqarish jarayonini osonlashtiradi, bundan tashqari, ishonchli hisoblanadi, chunki an’anaviy tugmalardan farqli ravishda yemirilmaydi, suyuqlik to’kilib kyetsa qurilmaga zarar keltirmaydi, tugmalarni buzmaydi. Birgina tugma rejimni chop etish, skaner qilish yoki nusxaolish rejimini osongina tanlab olishga imkon beradi. Animatsiyalangan displey ish rejimini yaqqol namoyon qilib turadi, chop etish paytida chop etilgan yoki nusxa olingan sahifalar sonini ko’rsatib turadi.

Skanerdan o’tkazish jarayonini kuzatishga firmaning Digital Scan Marker yechimi, sapfir rangli yoritish diodi yordam beradi. U karyetkaning holatini ko’rsatib turadi. bundan tashqari qurilmani ishga tushirilishi/o’chirilishi, toner darajasining kamayishi yoki qog’oz tugaganini xabar qiluvchi ohangli tovushlar qo’shimcha axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.bir tugmani bosish bilan chiqib keladigan qog’oz uchun yarimavtomatik potok, kartridjni almashtirish osonligi va qog’oz tiqilib qolganda uni uchta nuqtadan chiqarib olish mumkinligi SCX-4500 printeridan foydalanishda qulaylik yaratishga imkon beradi. Novatorlik yechimlaridan foydalanish printerning akustik shovqinini 45 dB gacha, sekin gapirgandan ham past (50 dB) darajagacha pasaytirdi.

Buning ekspress-test sinovlarimiz ushbu qurilmadan foydalanish qulayligini, oson o’rnatilishi sozlanishini ko’rsatdi. U juda ham ixchamligiga, qog’oz uchun kiritilgan lotoklari bo’lishiga qaramay, o’rta va kichik ofis sharoitlarida foydalanishga juda mos keladi. Qurilma deyarli shovqinsiz ishlaydi, boshqaruv panelida sensorli panellardan foydalanish esa ishlashda qulayligini oshiradi. Bundan tashqari, ishga tushirilganligi/o’chirilganligi, toner tugab borayotganligi va qog’oz tugaganligini xabar qiluvchi musiqiy ohanglar foydalanuvchiga o’z ish vaqtidan yanada samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Kartridjlarni va qurilmaning o’ini o’rnatish hatto eng oddiy foydalanuvchilarda ham qiyinchilik tug’dirmaydi. Jamlovchi qismlarga dasturiy ta’minot bilan drayverlar va utilitlar bilan disk hamda foydalanuvchi uchun batafsil qo’llanma, jumladan rus tilidagi qo’llanma ham kiradi. Samsung Electronics texnikasiga kafolat 3 yilni tashkil etishini eslatib o’tamiz. O’zbekistonda Samsung Electronics mualliflashtirilgan servis markazlari keng tarmog’iga egaligini hisobga olsak, bu barchaga juda ma’qul bo’ladi.
Nihoyat, Samsung ML-1630 va Samsung SCX-4500 modellari O’zbekiston bozorlarida shu yilning noyabr-dekabr oylaridayoq paydo bo’ladi.

pic

Test sinovlari natijalari bo’yicha InfoCOM.UZ jurnali MFU Samsung SCX-4500 modeliga “Novatsiya va dizayn uchun” sertifikatini taqdim etadi. InfoCOM.UZ jurnali tahririyati tanishish uchun taqdim etilgan Samsung ML-1630 va Samsung SCX-4500 qurilalari uchun Samsung Electronics kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top