Infocom.uz

O’.G’.To’xtaev – Bosh direktorning birinchi o’rinbosari etib tayinlandi

urok_tuxtaev

“O’zbektelekom” AK Bosh direktorining birinchi o’rinbosari lavozimiga O’roq G’anievich To’xtaev tayinlandi. O’roq G’anievich To’xtaev – shu kunga qadar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy Boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan.

O’roq G’anievich To’xtaev

O’roq G’anievich To’xtaev 1952 yili Buxoro viloyatida tug’ilgan.

1975 yili Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan.

O’zining mehnat faoliyatini O’roq G’anievich To’xtaev 1975 yildan e’tiboran Buxoro viloyati elektroaloqa ishlab chiqarish boshqarmasi Sverdlov aloqa bog’lamasida muhandis lavozimidan boshlagan.

1991 yili Elektromagnit moslashuv Respublika markazi Buxoro viloyat Davlat aloqa inspektsiyasi katta inspektori;

1991 – 1993 yillar — Buxoro viloyati Davlat aloqa inspektsiyasi davlat inspektori;

1993 – 2001 yillar — Buxoro Davlat elektroaloqa ishlab chiqarish korxonasi bosh muhandisi;

2001 – 2002 yillar — “Buxoro Telekom” OAJ Bosh direktorining birinchi o’rinbosari;

2002 – 2005 yillar — “O’zbektelekom” AK “Buxoro Telekom” filiali direktorining birinchi o’rinbosari;

2005 – 2007 yillar — “O’zbektelekom” AK “TShTT” filiali texnik masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari;

2007 yildan e’tiboran shu kunga qadar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy Boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top