Infocom.uz

“OITSga qarshi kurashga 30 yil”

Pochta markasi OITSga qarshi kurashning 30 yilligiga bag‘ishlangan. Pochta markasida OIV bilan kasallanganlarning xalqaro birdamlik belgisi hisoblangan – qizil tasma tasvirlangan. Pochta markasining o‘ng tomonida o‘zbek tilida lotin grafikasida «OITSga qarshi kurashga 30 yil» yozuvi joylashgan.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2011 yil 16 dekabrda “OITSga qarshi kurashga 30 yil” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30×42 mm. Adadi 20 ming nusxa. Dizayner – Kartsevich Ye.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

999. «OITSga qarshi kurashga 30 yil» Nominali – 900 so‘m

Manba: www.pochta.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top