Infocom.uz

“Olive Telecom” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv

000000111222

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17-19 may kunlari Hindistonga Davlat tashrifi doirasida “O‘zbektelekom” AK va “Olive Telecom” kompaniyasi o‘rtasida hamfikrlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Hind kompaniyasi rahbari mazkur memorandumning bajarilishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizga keldi.

“Olive Telecom” kompaniyasi – Hindiston, Indoneziya va boshqa bir qator rivojlanayotgan davlatlarda mobil qurilmalarni yetkazib beruvchi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 2006 yili tashkil etilgan, 23 mamlakatda vakolatxonalari mavjud. Kompaniya tashkil etilganidan buyon jahon bozorida 20 million mobil qurilmalari sotilgan.

Uchrashuv davomida “O‘zbektelekom” AK va “Olive Telecom” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar memorandumning bajarilishi yuzasidan fikrlar almashishdi, shuningdek kelgusi ishlar rejalarini belgilab olishdi. Hindiston tomoniga mamlakatimizda, jumladan “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial zonasida xorijiy investorlarning faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan qulay investitsion muhit, huquqiy kafolatlar, chegirmalar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim qilindi. O‘zbekiston tomoni “Olive Telecom” kompaniyasining O‘zbekistonda faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Arun Xanna tashrif davomida “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial zonasida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top