Infocom.uz

Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida seminar o’tkazildi

Keyingi yillarda O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati birinchi galda elektron hujjat almashishga asoslangan munosabatlarning yangi sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Axborotni shakllantirish va axborot almashishning elektron usulining rivojlanishi sub’ektlarning samarali hamkorligi va ishlab chiqarish sur’atining oshirishga xizmat qilish bilan birga, interfaol munosabatlarning yangi sohalarini, elektron hukumat va elektron tijorat sohalarini rivojlantirishga ko’maklashishi kerak. Aynan shu sohalarda elektron aloqalar fuqarolik-huquqiy munosabatlarning barcha me’yorlarini ta’minlashga yo’naltirilishi lozim, elektron hujjatlar bilan almashishning o’zi esa qonuniy, haqqoniy va ishonchli bo’lishi zarur.

Mazkur qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi elektron hujjatlardagi ERI bilan qog’oz hujjatlardagi qo’l bilan qo’yilgan imzolar tengligini tan olish, hujjatlar va axborot almashishga oid ishlarni avtomatlashtirish, shuningdek, tijorat faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanishning muhim shartidir.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari va mutaxassislari, xususiy tadbirkorlik vakillari qatnashdilar.

Seminarda Elektron raqamli imzolarni ro’yxatga olish markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlari, O’zbekistonda elektron hujjat almashishni shakllantirishning asosiy vazifalari, UZINFOCOM markazida elektron hujjat almashishdan foydalangan holda axborot tizimini joriy etish tajribasi, elektron tijoratning rivojlanishiga oid asosiy masalalar, shuningdek, elektron tijoratdan foydalanish tajribasiga oid ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o’rinbosari A.Xodjayev, Elektron raqamli imzolarni ro’yxatga olish markazi boshlig’i A.Valiyev, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi direktori M.Maxmudov, “UZINFOCOM markazi direktori D.Raximov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Uzinkomsentr” OAJ Bosh direktori M.Tursunov, “Multisoft solutions” kompaniyasi loyiha rahbari D.Abduqodirovlar ma’ruzalari tinglandi.

Seminar yakunlari bo’yicha vazirlik va idoralar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan soliq hisobdorligini topshirish, elektron tijorat imkoniyatlari va uni elektron tijorat ishtirokchilari orasida ommalashtirishga bag’ishlangan davra suhbatlari, konferensiyalar, seminar va treninglar o’tkazish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,