Infocom.uz

“Oltin vasvasasi”: “Bilayn”dan “yettiliklar” tanlovi

2009 yilning 1 iyulidan 14 iyuligacha “Bilayn” “Oltin vasvasasi” aksiyasi doirasida XXX-77-77 “oltin” raqamini o’ynaydi. Qisqa 7777 raqamiga SMS yuborib, aksiya ishtirokchilari o’zlariga ball to’plashadi. Eng ko’p ball to’plagan abonent, “Bilayn”dan “oltin” raqam olishga muyassar bo’ladi. Sovrinli raqam abonentiga yashaydigan viloyatiga qarab prefiks beriladi.

Aksiyani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ommaviy bozorni rivojlantirish bo’yicha Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: “Oltin” raqamni har kim ham sotib ololmaydi, shuning uchun ham bizning aksiya – katta xarajatlarsiz to’rtta “yetti” raqamini sotib olish uchun yaxshi imkoniyatdir. Mazkur aksiyaning o’ziga xosligi shundaki, yuborilgan SMS dan qat’iy nazar g’alaba qozonish uchun barchaning imkoniyati teng. Puxta o’ylangan o’zaro aloqa tizimi tufayli esa “Oltin vasvasasi” aksiyasining har bir ishtirokchisi bizning aksiyamizning to’liq shaffofligiga ishonch hosil qilishi mumkin”.

“Oltin vasvasasi” qoidalariga ko’ra bonuslar tizimi nazarda tutilgan: har bir 5-, 50-, 100-, 999- va 1000- SMS lar bonusli hisoblanadi va ular uchun maksimalgacha bo’lgan qo’shimcha ballar hisoblanadi, bunda ishtirokchi bir lahzada aksiya yetakchisiga aylanishi mumkin. Bonus raqamlarining tushish ketma-ketligi o’zgarishsiz va wap.goldbeeline.uz wap-saytida yoritilgan. Shuningdek, har bir yuborilgan SMS uchun abonent “oltin” kontentli wap-resursga istalgan kontentni yuklab olish huquqi bilan ishora oladi.

Bitta chiquvchi xabarning narxi QQS bilan hisoblaganda – $0,4. Barcha kiruvchi xabarlar – bepul.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top