Infocom.uz

Opera 12 brauzeri versiyasi taqdim etildi

Apparatli tezlashtirish WebGL tajriba dasturi qo‘shimcha qilingan. Opera 12 qo‘shimcha quvvat olish uchun kompyuter grafik kartasidan foydalanishi mumkin.

Mana shunday tezlashtirish veb-ilovalar va ko‘p sonli grafik operatsiyalardan iborat o‘yinlar ilovalarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi.

Xavfsizlik darajasi ko‘rsatkichi belgisi axborot imkoniyatlari oshirilgan, bu esa foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xavfsizligi siyosatini yaxshiroq tushunishni ta’minlaydi. Ko‘rsatkich belgisi sayt joylashgan joyi haqida axborotdan foydalanayotganligini va veb-kameradan foydalanishni so‘rayotganligini ko‘rsatadi.

Opera 12 da plaginlar alohida jarayonlarda ishlaydi, shuning uchun uzilishlar holatlarida brauzer ishlash qobiliyatini yo‘qotmaydi. Brauzer avvalgi versiyasiga nisbatan katta tezlikka ega — sahifalarni yuklash, brauzerni va HTML5 renderingni ishga tushirish tezlashtirildi. Windows va Mac da 64-bitli arxitektura ishini ta’minlash zamonaviy kompyuterlarda mahsuldorlikni yaxshilashga imkon berdi.

Yangi lokalizatsiyalar: Arab, Fors, Ivrit, Urdu va Qozoq tillari qo‘shildi. Endi Opera 60 tilda chiqariladi.

Biroq mazkur ish yo‘qotishlarsiz bo‘lmadi. Yangi versiyasida Opera Unite, vidjetlar va ovozli boshqaruv funksiyalari ta’minoti mavjud emas. Yangi universal platformaga o‘tish oqibatida Opera Unite va vidjetlardan voz kechishga, ovozli boshqaruvdan esa kerakli kutubxonadan tashqi yetkazib beruvchi tomonidan ta’minlanmasligi oqibatida voz kechishga to‘g‘ri keldi. Quyidagi ilova bo‘yicha Windows, Mac va Linux uchun Opera 12 ni yuklab olish mumkin.

Manba: http://www.opera.com

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: