Infocom.uz

O’qitish vositalarining yangi avlodlari

Ta’lim sohasidagi qo’llanilayotgan ilg’or axborot texnologiyalarining asosiylaridan biri – interfaol elektron doskalari hisoblanadi. Bu mo’jiza doskalar zamonaviy texnologiyalar rivojlanishining eng yuqori cho’qqilaridan hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi ko’rinishga ega bo’lib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik ko’rinish, chizma, jadval kabilar daqiqalarda tez kompyuter ekranida paydo bo’ladi. elektron doskalarning asosiy afzalliklari quyidagilar:
– ma’lumotni tahrirlash ko’lamining kengligi;
– natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali jo’natish, saqlash imkoniyatlarining mavjudligi;
– matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish imkoniyatining kengligi;
– virtual auditoriya yaratish imkonida namoyon bo’ladi.

Yozib olingan ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi va oddiy printerda chop etilishi mumkin. Interfaol elektron doskada yozilgan matn va grafik ko’rinishlar rangli markerlar bilan shakllantirilishi hamda printer rangli bo’lgan hollarda chop etiladigan nusxalar ham rangli bo’lishi mumkin. Ranglardan foydalanish ma’lumotlarni ajratish va uni samarali qabul qilishga imkon beradi.

Interfaol elektron doskalar aqliy hujumlar uchun ajoyib vositadir. Unda yozilgan axborotlarni, nafaqat muhokama qilish davrida xotirada saqlanadi, balki uni ketma-ket tiklash imkonini ham yaratadi.

Bu doskalar bilan birgalikda, taklif etiladigan dasturiy ta’minotlar, bir vaqtning o’zida bir necha shaharlarda, joylarda seminar o’tkazish va sezilarli darajada auditoriyani geografik jihatdan kengaytirishga imkon yaratadi. Seminar tinglovchilari o’zlarining monitorlarida uzatiladigan axborotlarni o’qish yoki jamoa holda muhokama qilishlari uchun uni katta ekranda namoyish etish mumkin.

Sensorli elektron doska markerlar yordamida har xil foydalanuvchi interfeysini chaqirib oladigan, hajm jihatidan katta bo’lgan sensor ekrandir. Ular klassik taqdimotlarda yuqori texnologiyalar imkoniyatlari bilan birgalikda, barcha imkoniyatlardan foydalanishga sharoit yaratadi. Interfaol elektron doskalarga ulangan multimedia-proyektorlar multimediali muhitda ishlash uchun, axborotlarni internet orqali, magnitofon, kom-pyuter, DVD-disklar, flesh xotira yoki videokameralar bilan taqdimot tipida namoyish qilish uchun sharoit yaratadi.

Interfaol elektron doskalarda yozilgan barcha axborotlar ketma-ketligini kompyuterda namoyish etish uchun dasturiy ta’minotlarda imkoniyatlar ishlab chiqilgan bo’lib, bunday namoyish etishlar ham to’g’ri, ham teskari holda amalga oshirilishi mumkin.

Interfaol elektron doskalarda qanday texnologiyalardan foydalaniladi?
Hozirgi vaqtda ikkita texnologiya, sensor ekranli va elektromagnit nurlanishli texnologiyaga asoslangan interfaol doskalar ishlab chiqarilmoqda.

Sensor interfaol elektron doskalar ingichka o’tkazgichli ikkita qatlamdan iborat. Bunday doskalar o’quv muassasalari uchun juda qulay hisoblanadi. Ular ishonarli va agar axborotlar o’chsa yoki yo’qolib qolsa, hech qanday maxsus usullarni talab qilmaydi. Ularning yana bir afzalligi – ma’lumotlarni nafaqat marker bilan, balki qo’l bilan ham yozish mumkinligidadir. Bu texnologiya maxsus markerlarni talab qilmaydi, ishlash uchun hech qanday nurlanishdan foydalanilmaydi va tashqi shovqinlar ta’sir etmaydi. Kamchiligi-markerni yoki uni boshqa vosita bilan almashtirilganda matritsalar reaksiyasida unchalik katta bo’lmagan ushlanishlar bo’ladi.

Elektromagnitli texnologiya yozuvchi qurilmalardan uzatilgan elektron signallarga asoslangan. Bunday qurilma sifatida elektron qalam, elektron ushlagichga kiritilgan marker bo’lishi mumkin. Afzalligi-qattiq va mustahkam yuzani yaratish imkoniyatining mumkinligidir. Kamchiligi-elektromagnitli nurlanishlar bilan ishlash va maxsus markerdan foydalanish zaruriyatining mavjudligida ko’rinadi.

Bu ikki texnologiya yaxshi ishlab chiqarilgan va keng tarqalgan. Bu tipdagi doskalar uchun o’quv jarayonida qo’llanishga maxsus tayyorlangan, shunga yo’naltirilgan va to’liq holda yetkazib beradigan standart komplektiga kiruvchi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan.

Hozirgi vaqtda marker holatini aniqlash uchun infraqizil va ultratovushli datchiklardan foydalanuvchi doskalar ishlab chiqilmoqda. Ularning kamchiligi-datchiklar boshqa nurlanishlarga ham sezuvchandir. Gohida datchiklar o’rniga infraqizil lazerlardan foydalaniladi. Infraqizil markerlar markerning tegishli holatini yuqori aniqlikda hisoblaydi.

Bu texnologiyalardan qaysi biri ommabop bo’lishi mumkinligini aytish qiyin, lekin barcha yangi texnologiyalarning rivoji maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotga bog’liq bo’ladi.

Interfaol elektron doskalar bilan savdo qiluvchi kompaniyalar faqat bitta texnologiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotmoqda. “De Layt 2000” kompaniyasi bu ikki texnologiya bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo’yicha o’z mavqeiga ega. Sensorli texnologiya Polyvision kompaniyasi interfaol elektron doskalar uchun ishlab chiqarilgan, ikki seriyadagi TS/TSL va WT/WTL doskalarda qo’llaniladi.

Mazkur seriyadagi doskalar yuqori aniqligi bilan ajralib turadi (8000×8000 nuqta), harakatlarni tasvirlashning yuqori tezligiga ega bo’lib, ular markerlar yoki qo’l bilan bajariladi. TSL va WTL seriyalarining asosiy ko’rsatkichlaridan, ularda avtomatik tebranish funksiyasi ishlab chiqilgan. Agar ish jarayonida behosdan doskaga tegib ketilsa, pultdagi tugmachani bosish yetarli va tebranish avtomatik holatga o’tadi. WT\WTL seriyasidagi doskalar afzalligi Walk-and-Talk masofadan boshqarish pultining mavjudligidadir.

Sahara kompaniyasining elektromagnitli doskalaridan Communicator 77 va Penbord modellari o’quv auditoriyalari uchun mo’ljallangan. Bu modellarda kompyuter sichqonchasi o’rniga maxsus multimediyali marker ishlatiladi. Bu texnologiyadan foydalanish yuqori tezlikli va aniqlikdagi (1000 liniya dyuym) doskalar bilan ishlash imkonini beradi.

Antivandal qoplama interfaol elektron doskalarni chizilish, shikastlanishdan himoyalaydi va uzoq vaqt ishonarli ishlashini kafolatlaydi. Ozroq joyi ishdan chiqsa ham doskaning ishlash qobiliyati yo’qolmaydi.

O’quv auditoriyalari uchun maxsus ishlab chiqarilgan Penbord doskalarining och-kulrang qatlami uzoq vaqt ishlaganda ko’zlarning charchamasligini ta’minlaydi. Barcha elektromagnitli doskalar ichida bu doskaning ajralib turuvchi belgisi, unda oddiy marker bilan yozish imkoni mavjudligidadir.

Communicator 77 doskasi 20 ta qaynoq klavishga ega bo’lib, ular ekranning ikki tomonida joylashgan. Qaynoq klavishlar har xil funksiyalarni tez bajarishga imkon beradi. Ulardan 17 tasi dasturlanishi, ya’ni ularga boshqa funksiyalar yuklanishi mumkin.

Activboard interfaol elektron doskasini Prometneon LTD firmasi ishlab chiqargan va u konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun mo’ljallangan.

Prometneon LTD interfaol elektron doskalarda ish olib borilganda, ushbu doska barcha imkoniyatlaringizni ko’rsatishga yordam beradi. Interfaol elektron doska ACTIVboard dasturiy ta’minotlarda ishlash imkoniyatini beradi va bu orqali sizni tinglab turuvchi auditoriya a’zolariga ma’lumotlarni yetkazish sifatini oshiradi.

ACTIVboard – interfaol elektron doska 1,25 m, 1,62 m, 1,99 m yoki 2,45 m diagonalli bo’lib, kompyuter va proyektor bilan birgalikda ishlaydi. elektron qalam faol ekran orqali kompyuterni boshqarib, Windows tizimining istalgan ilovasida ishlay oladi. Infraqizil portli panel yordamida faol ekranni auditoriyaning istalgan joyidan turib boshqarish mumkin. Aktivtest simsiz radiopultdan foydalanib, audiotoriyada test tayyorlash va uni o’tkazish imkonini yaratadi.

Activboard interfaol elektron doskalaridan foydalanish auditoriyadagi har bir qatnashuvchining faol ishtirokiga imkon yaratadi. elektron qalam orqali kompyuterni sichqoncha kabi boshqarish mumkin.

Interfaol elektron doska ACTIVboard- konferensiyalar, prezentatsiyalar va masofadan o’qitishlarni sifatli o’tkazish uchun mo’ljallangan.

Activboardda – namoyish etiladigan o’quv ma’lumotlarini tayyorlashda va namoyish etishda ACTIVTable – plansheti sodda va qulay yordamchidir.

Bu planshet kompyuter sichqonchasi vazifasini bajaradi. Ma’lumotlarni tayyorlashda prezentatsiya yoki konferensiya uchun ACTIVStudio2 yoki ACTIVPrimary texnologiyalarini qo’llaydi. ACTIVTable kompyuterga USB-porti orqali ulanadi va dasturiy ta’minotni barcha funksiyasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Simsiz qalam orqali, flipchart oynasida matn yozishda yengillik tug’diradi.

ACTIVote – bu prezentatsiya konferensiya o’tkazish paytida doimiy “teskari aloqa” texnolgiyasidir.
ACTIVote2 test sistemasi barcha konferensiya qatnashchisiga, savollarga javob berish, ko’rsatilgan bir nechta javoblardan to’g’ri variantni tanlash radiopult tugmasini bosish yordamida amalga oshiriladi. Aktivboard radiopult uzatgan ma’lumotni qabul qilib, uni qayta ishlab, konferensiya qatnashchilari bilan uzluksiz aloqada bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu texnologiyada auditoriya bilan aloqa o’rnatishda qo’llaniladi. Masalan, muhokamada, ma’lu-motlarni yig’ishda yoki testda AKTIVVote2 sistemasi odatda 16 yoki 32 ta pult komplekti mavjud bo’lib, ular tinglovchilarga tarqatiladi va doimiy aloqa o’rnatadi.

ACTIVWAND elektron ko’rsatkich uzunligi 54 sm bo’lib, bo’yi past foydalanuvchilarga elektron doskaning yuqori qismini namoyish etishda qulay. elektron ko’rsatkich yon tomonida tugmalar mavjud bo’lib u kompyuter sichqonchasini chap tugmasi funksiyasini bajaradi. Ko’rsatkich ish jarayonida “Rollover” va “Hover” funksiyalari mavjud, bu funksiyalar dasturiy vositalarni boshqarish va veb-sahifalar ustida ishlash vazifalarini yengillashtiradi. elektron ko’rsatkichning afzallik tomoni shundaki, u proyektordan ACTIVboard doskasiga tushayotgan nurni qaytarmaydi.

Maqolani tayyorlashda: [url=http://www.activboard.ru]www.activboard.ru[/url] manbadan foydalanildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top