Infocom.uz

OTB Boshqaruvchilar kengashi yig’ilishiga texnik tayyorgarlik yakunlanmoqda

aci_29_04_2010_2

O’zbekiston poytaxtida xalqaro moliyaviy tashkilotning bunday muhim forumini o’tkazishga qaror qilinganligi Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning “o’zbek modeli” samaradorligining xalqaro e’tirofidan dalolat beradi.

Shu kunlarda Toshkentda OTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zimmasiga ham bir qatortayyorgarlik ishlari yuklatilgan. Yig’ilishga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ishchi guruh yig’ilishida korxonalar tomonidan telekommunikatsiya ishlarining amalga oshirilganligi ko’rib chiqildi.

Qayd etildiki, OTB boshqaruvchilarining 43- yillik yig’ilishining veb-sayti asosiy domen nomlari – adb2010.uz va adb2010.org da ishga tushirildi. Sayt UZINFOCOM Data markazida joylashtirilgan. Tegishli bo’limlarda TIAvaSV va “O’zbekturizm” dan olingan informatsion materiallar chop etildi.

Yig’ilish translyatsiyasini Internet tarmog’i orqali tashkil etish maqsadlarida Yillik yig’ilish veb-saytida on-layn translyatsiya imkoniyati («On-line broadcasting» bo’limi)ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Tola-optik aloqa liniyalari yotqizildi va “O’zekspomarkaz” pavilonlariga yakuniy qurilmalar o’rnatildi, “Toshkent-Plaza” Xalqaro bixnes-markazi va Xalqaro savdo markazida 1 Gbit/s. tezlikdagi binolararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i tashkil etildi. Internet tarmog’iga chiqish tezligi 100 Mbit/sni tashkil etadi. “O’zekspomarkaz”ning butun hududi bo’ylab WiFi-qurilma o’rnatildi. Barcha xonalar lokal tarmoq, kompyuter texnikasi, statsionar va mobil aloqa bilan ta’minlandi.

OTB Boshqaruvchilar kengashi yig’ilishiga tayyorgarlik bo’yicha amalga oshirilgan texnik ishlar, shubhasiz, muhim, jumladan, O’zbekiston va ushbu yirik xalqaro moliyaviy institut o’rtasidagi o’zaromanfaatli aloqalarning yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorlar qabul qilinadigan yig’ilishning sifatli o’tkazilishiga ko’mak beradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top