Аgarda kompyuterdan buxgalteriyada, ofis dasturlari va bir oz o’yin uchun foydalanish ko’zlansa, unda sizga materinskiy plataga videointegrirlangan (masalan, i845 GL chipsetiga juda yaxshi 3D akseleratori kiritilgan, ba`zan uch o’lchovli o’yinlarni ham o’ynash mumkin) platani sotib olish kerak. Uyga, oilaga har holda jiddiyrok videoplatani sotib olgan yaxshi. Bugungi kunda grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi ikki etakchi firma mavjud: nVidia va ATI. ATI chiplari asosidagi mahsulotlar bizda deyarli umuman yuk, ammo nVidia ning GPU ni videokartasini hamma erda osongina sotib olish mumkin. Bu albatta yaxshidir- ular narxi bo’yicha ham, mahsuldorligi bo’yicha ham eng yaxshisi hisoblanadi.
Bugungi kunda Ge Force 2MX 200/400 chipi asosidagi qimmat bo’lmagan va yanada yangiroq bo’lgan Ge Force 4MX 420/440/460 bazali platalar keng tarqalgan hisoblanadi. Ko’pgina o’yinlar, DVD ko’rish uchun juda etarli. Lekin siz yanada jiddiyrok videoadapter kerak desangiz, unda nVidia Ge Force 4 Ti 4600 chipseti bazasidagi DDR-xotirasi 128 Mbayt videoplatani, agarda 290$ narxi Sizni qo’rqitib yubormasa, taklif etish mumkin.
Endi yig’uvchilar haqida. Hammasining quti(korobka)larida (prayslarida ham) nVidia Ge Force deb yozib qo’yilgan bo’lsa ham siz juda-juda turli videoplatalarni sifati bo’yicha ham, unumdorligi bo’yicha ham fark kiladigan videoplatani olishingiz mumkin. Gap shundaki nVidianing o’zi faqatgina grafik protsessorlarni ishlab chiqaradi (yana plataning etalon dizaynini taklif qiladi)va ularni yig’uvchilarga sotadi. Platada qanday element bazasi, qanday xotira, radiator va nixoyat qanday kuller qo’llanilishi aynan yig’uvchiga bog’lik bo’ladi. Plataning unumdorligi bir xil grafik protsessor qo’llangan holda ham ishlab chiqaruvchiga qarab ikki barobarga farq qilishi mumkin.
Videoplata ishlab chiqarish bo’yicha ASUS, MSI, ABIT, Chaintech firmalari eng mashhurlari hisoblanadi. Oxirgi paytlargacha Bigabute kompaniyasi yaxshi videoplatalar ishlab chiqarar edi, u hozir ham (lekin ATIdan faqatgina GPU uchun (Radeon turkumi). ularni ishlab chiqaradi.
Mablag’ etarli bo’lganida bitta ishlab chiqaruvchining sistemani platasini va videokartasini sotib olishni masalan ASUS yoki MSI maslahat bersa bo’ladi().
Toshkentda sotilayotgan 45-50$ (Ge Force 2MX 400 64Mbayt) yoki 80-85$( Ge Force 4MX 420 64Mbayt) turadigan mashhur bo’lgan ishlab chiqaruvchilar platalari ham juda yaxshi ishlaydi, shunig uchun uyga olinadigan arzon kompyuterlar uchun ham harid qilish mukin.
![]() |
CD-ROM haqida ikki og’iz suz.
Xar bir zamonaviy kompyuterda CD-ROM diskovod bo’lishi kerakligini menimcha, hamma bilsa kerak.
CD-privodlar ishlab chiqarish texnologiyasi o’zining yuqori nuqtasiga ko’tarildi, shuning uchun biz kompyuterga aynan qaysi CD-ROMni qo’yishni o’ylab o’tirmasak ham bo’ladi. Deyarli hamma diskovodlarda tezligi bugungi kunda 52-X ni tashkil etadi, bu esa juda ham etarli. Аmmo disketlarning hajmi ko’pchilik hollarda komppyuterdan kompyuterga ma`lumotlarni ko’chirib o’tish uchun kamlik qiladi. USB flash drive dan foydalanish mumkin, ammo uni shunchaki kimgadir berish mumkin emas, balki ma`lumotlarni albatta «kuyish» kerak. Аgarda arxiv qilish yoki fotosuratlar albomi bo’lsachi, unda nima qilish kerak. HDD ham ma`lumotlar saqlash uchun ishonchli qurilma emas. Bunday holatda bugungi kunda yagona to’g’ri yo’l bu kompyuterga CD-RW diskovodiniurnatishdir, unda o’qish ham mumkin, bir marta yozish bilan CD-R diskiga yozish mumkin, CD-RW disklariga yozish-qayta yozish mumkin. CD-RW diskovodlarining narxi 60 dan 90$ tashkil qiladi (CD-ROM diskovodining narxi taxminan 35$).
Diskovodlarning narxi uning o’qishi, yozishi, yozishi – qayta yozishi (va albatta ishlab chiqaruvchi) tezlik xarakteristikalariga bog’lik bo’ladi. CD-RW eng tezkor diskovodlar 48X24X48 parametrlarga ega (shuning uchun ularni qo’rqmasdan “jivopistsy-jivo pishut”, tez yozuvchilar deb atash mumkin). Tarqatuvchilarning narxlari: CD-R (bita marotaba yozish uchun) – bir dollardan arzon) CD-RW uchun esa (ko’p marta yozish – qayta yozish) ikki dollar atrofida turadi. Аgarda siz kamroq yozsangiz – qayta yozsangiz, unda katta bo’lmagan tezlikka ega CD-RW ni tanlashingiz mumkin va bir oz tejab qolasiz, oxirgi paytlarda DVD-ROM diskovodlari paydo bo’la boshladi, ular oddiy CD kabi va DVD kabi o’qishlari mumkin, bu kompyuterda DVD video standartli filmlar ko’rishga imkon beradi. Lekin yanada yangi CD-RW+DVD-ROM diskovodlari juda ma`qul hisoblanadi, ular CD va DVD disketlaridan ukiy oladi, hamda CD-R, CD-RW diskovodlarida yozadi va yozib- qayta yozib ola – oladi. Ular tezkor xarakteristikalilari 90-100$ atrofida turadi.
Shuni ham esda tutish kerakki yozish va qayta yozish tezligi faqatgina diskovodga bog’lik emas, disklarning o’ziga ham bog’lik bo’ladi, ularning idishiga yozish tezligi ko’rsatilgan bo’ladi. Bugungi kunda Verbatim ishlab chiqaradigan 12X tezlikka ega (xatto 20X ham bor) (CD-R, CD-RW) disketlari yoki Emtec (BASF) disketlari eng yaxshisi hisoblanadi. Shpindelida nomi yuk, yuztadan bo’lgan disklar ham yozadi,lekin juda sekin (va har doim ham emas).
![]() |
Yozishning o’rtacha vaqtini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 74 minutni (650Mbaytli disk) yoki 80 minut (700 Mbaytli disk) diskovodning harakteristikasiga bo’lasiz (disk ham mos kelishi sharti bilan) plyus ikki minut «finalizatsiyaga».
Masalan, diskingiz CD-R hajmi 650 Mbayt, diskovodning o’qish tezligi 24X, unda butun diskning yozishi vaqti quydagicha hisoblanadi: 74 min/24+2min=taxminan 5 minut.
Bu usuldan CD-RW disklarida ham foydalanish mumkin, lekin format kilish vaqtini ham qo’shish kerak bo’ladi.
Ishlab chiqaruvchilar haqida. CD-RW diskovodlari ishlab chiqaruvchilaridan eng yaxshilari quyidagilar hisoblanadi: NEC, Teac, Plextor, ASUS, Mitsumi.
LG, Samsung, SONY, Panasonic ishlab chiqargan diskovodlar ham yomon ishlamaydi.
MSI kompaniyasi ham diskovodlar ishlab chiqarishni boshladi. shunday qilib xohlasangiz o’z kompyuteringizning hammasini ASUS yoki MSI bazasida yig’ishingiz mumkin.
Korpus, klaviatura, sichqoncha
Ma`lumki korpuslar uch turda bo’ladi: «yotgan holda» – desktop, turgan holda-mini tower va turgan holda-middle tower, zamonaviy kompyuter uchun eng ko’p tarqalgan va qulay korpus aynan middle tower hisoblanadi. Korpusning quvvat manbayi bloki kompyuterga kiruvchi hamma qurilmalar iste’mol qiladigan quvvatni ta`minlab berishi kerak (monitordan tashqari – u alohida ulanadi). Bugungi kunda blok pitaniya iloji boricha 300W kuvvatga ega bulishi kerak, lekin past chastotali protsessorlar va past tezlikka ega HDD lar (u agarda bitta bo’lsa) va CD-RW mavjud bo’lmasa blok pitaniya 250 W bo’lishi ham mumkin. Korpus na faqat chiroyli balki qulay ham bo’lishi kerak. Yon tomonllari oson va alohida olinsa va ularda havo yaxshi aylanishi uchun teshiklari bo’lgani yaxshi. Pentium 4 yukori chastotali protsessorlar va ayniksa Athlon bazasida, bir necha HDD,CD-RW dan foydalanilgan va kuchli videokartaga ega juda ham ko’p qurilmalar qaratilgan kompyuterlarda issiq havoni tashqariga haydash uchun albatta qo’shimcha ventilyator(lar) urnatish kerak. Bunday ventilyatorlar uchun deyarli hamma zamonaviy korpuslarda o’rnatish joylari ko’zda tutilgan (ba`zalarida esa ventilyatorlar o’zi ham o’rnatilgan).
![]() |
Yomon korpus bugungi kunda taxminan 25$ turadi, ular yupqa ishlangan (u dirillab turadi) va blok pitaniyasi yomonroq. Bugungi kunda yaxshi korpus 40-45$ turadi. Аgarda korpusning old tomonida USB raz`yomi bo’lsa u juda qulay bo’ladi, unda kompyuterni turgan joyidan qimirlatib o’tirmay osongina raqamli fotokamerani ham va yana bir boshqa narsani ham bemalol ulasa bo’ladi. (USB raz`yomi odatda korpusning orqa tomonida bo’ladi).
Kompyuter klaviaturasi bugungi kunda odatda PS/2 interfreys bo’ladi, lekin hozir USB interfeysi ham uchrab turadi, xatto simsiz ishlaydiganlari ham (odatda radio). Toshkentda sotiladigan klaviaturalardan Genius kompaniyasi ishlab chiqargan klaviaturalar yaxshi hisoblanadi. Klaviaturaning klavishalari nisbatan yumshoq, uning asosi esa mustahkam bo’lgani yaxshi, tekst terilganda egilib ketmaydi.
![]() |
Klaviaturada agarda kaftni qo’yish joyi bo’lsa juda qulay bo’ladi (qo’llar kamrok charchaydi). Kimki juda ko’plab tekstlar yozadigan bo’lsa (ergonomik) klaviatura haqida o’ylab ko’rgani yaxshi, u katta hajmga ega ko’rinishda bo’lib va ikki bo’lakka ajratilgandek tashkil topgan (uni Mikrosoft kompaniyasi ishlab chiqqan, lekin uxshashlarini ko’pchilik ishlab chiqaradi).
Endi sichqoncha haqida ma`lumortlar
Shahsiy kompyuteri sotib oluvchilar hech biri negadir komplektga kiruvchi 2 dollarlik sichqoncha sifati haqida o’ylamaydi, faqatgina bir ikki xafta qiynalganidan keyin qimmat bo’lsa ham boshqasini sotib olish qaror qiladi.
Qisqacha qilib aytsak, yaxshi sichqoncha – bu optik sichqonchadir (uning tagida hech qanday sharchasi yuk) uning ust tomonida g’ildirakchasi bor (internet uchun va boshqa qulayliklari bor). Optik sichqonchalarning sim bilan ulanadiganlari ham, radio – simsiz ulanadiganlari ham bor. Oddiy optik sichqoncha 15 / 17 $ , optik radiointerfeysligi esa 300 – 40 $ turadi. Genius kompaniyasi qimmaq bo’lmagan ammo juda yaxshi (har xil) sichqonchalar ishlab chiqaradi: Toshkentda Fujitsu – Siemens ishlab chiqargan yaxshi optik sichqonchalarni topish mumkin.
Monitorlar
![]() |
Kompyuterdan foydalanidigan kuniga bir necha soatlab qarab utiradigan bu monitordir. Shuning uchun sizning va sizning yaqinlaringizning ko’z nurini asrash uchun monitorni juda sinchiklab tanlash kerak. Monitorni tanlashda asosan ikki ko’rsatkichiga e`tibor beriladi: dioganali o’lchami va sog’liqqa zararsizligi. Bugungi kunda ikki turdagi monitorlar mavjud: elektron nurli trubkalar (CRT) va suyuq kristalli LCD TFT – panellilari.
Bugungi kunda ishlab chiarilayotgan kompyuterlarning ekrani minimal o’lchovi 15 dyuym, maksimali esa – 24 dyuym, shu bilan birga CRT – monitorlarning (ko’rinishi) qismi har doim bir dyuym kamroq bo’ladi. Masalan, 15”CRT – monitorlarining ko’rinadigan qismi atigi 13,8” ni tashkil etadi, 15” lik LCD TFT – monitorlarida esa 15” ni tashkil etadi. Shunday qilib masalan 15” LCD TFT monitorlarini tanlab siz aslida 16” – dyuymlik CRT monitorlari sotib olgandek bo’lasiz. Ekranning kerakli o’lchami haqida gapirsak, shahsiy kompyuterlar kichik modellari “ofis – buxgalterlik” ishlari uchun 15” ekranlilari to’g’ri keladi, professional foydalanish uchun, ayniqsa uyda uyinlar uchun 17” monitor tanlash juda to’g’ri bo’ladi. Ularning narxlari 2 – 3 yil davomida 200$ tushganini hisobga olsak (qimmat bo’lmagan modellari undan ham arzon) 17” dyuymlik monitor ham olish mumkin, ularning farqi 60 – 70$ dan oshmaydi.
Katta ekranning ustunligi nimada?
Birinchidan 17”li CRT monitorlarning maksimal tarqalishi “mertsapis” chastotasi 75 – 85 Gts va yukori buladi. Аynan ana shu – vertikal otilish chastotasi ko’z nuri uchun juda muhim.
Ikkinchidan katta rasmlarni (fotosuratlarni) qismlarga ajratib emas, tulaligicha kurish mumkin, o’yinlarda ham tarqalish yuqori parametrlarni qo’yish mumkin, bunda suratlapr ancha aniq bo’ladi.
Qaysi monitorlar yaxshi hisoblanadi?
Xususan ko’z va sog’liq uchun LCD TFT – monitorlari ancha yaxshi, chunki ularda hech qanday nurlanish yo’q, nurning yonib uchishi deyarli yo’q, butun kadr emas, faqat surat (kartinka) o’zgaradi. LCD TFT – monitorlar juda kam joyni oladi va ancha kam elekrt quvvati sarflaydi. Yaxshi LCD TFT – monitorlarining ko’rsatkichlari quyidagicha: matritsaning javob qaytarish vaqti 25 ts dan kam, yorkinligi 250 – 300 Kd/m.kv. va 1280 x/024 (yoki 1024×768) tarkalishga ega, texnik ko’rsatkichlari eng yuqori klassli CRT monitorlarinikidan deyarli hech qancha farq qilmaydi. Ularning sog’liq uchun zararsizligi hisobga olsak (ayniqsa, ko’zi yomonroq ko’radigan odamlar uchun) LCD TFT – monitorlari eng qulay hisoblanadi. Tugri ularning bitta juda katta kamchiligi bor. CRT monitorlariga qaraganda ular 2 – 2,5 barobar qimmat turadi. masalan 15” dyuymli LCD TFT – monitorlarining narxi 360 dan 400$ gacha bo’lsa, bu pulga 19 dyuymli CRT monitorlarining eng yaxshisini, yuqori ko’rsatkichlisini sotib olish mumkin. Faqatgina bir narsani LCD TFT – monitorlarining narxi keyingi ikki yil ichida 1,5 – 2 barobar tushganini aytish kerak. Taxminlar bo’yicha 2004 yilga kelib 15 dyuymli LCD TFT – monitorlarining narxi 200 dollardan arzonrok bo’lishi kutilmoqda. Hozirga esa (balkim yana ko’p vaqtlar) CRT monitorlari eng ko’p harid qilinadigan monitorlar bo’lib turadi.
CRT monitorlarini qanday tanlash mumkin?
17 dyuymli CRT monitorini tanlashda shartli ravishda birgina asosiy omilni hisobga olish kerak: tekismi (FLAT) yoki oddiymi? Gap shundaki, oddiy monitorning ekrani tkis emas, balki “gumbazsimondir”, bu geometrik buzilishlar va burchaklarida tasvirning xiralashiga sabab bo’ladi, oddiy foydalanuvchi uchun bu buzilishlar deyarli sezilmaydi, ammo grafika bilan ishlovchi uchun bu juda jiddiy hisoblanadi. Umuman olganda har holda tekis monitorlar olgan yaxshi, bundan tashqari narxidagi farq faqatgina 50 dollarni tashkil etadi.
Grafik stantsiyalar uchun 21 – 24 dyuymli tekis monitorlar, bundan tashkari kalibratorli va boshqalar mavjud monitor olish kerak. Bu esa bizning mavzuimizga kirmaydi.
Ishlab chiqaruvchilar haqida nima deyish mumkin?
Bizda O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyati unchalik keng emas, ammo bizda sotiladigan monitorlarning sifatlari ancha yaxshi. Umuman olsak sotuvda uchta ishlab chiqaruvchilarning monitorlari (CPT bo’lsa ham LCD bo’lsa ham) taklif etilgan: LG, Samsung va Fujitsu – Siemens. 17 dyuymli GRT – tekis monitorlarining eng mashxurlari quyidagilar: LG firmasining Flatron seriyali tirkishli maskaligi (F 700 b va F 700 P yangi modellari) va Samsung firmasining Dyna Flat seriyali soyali maskali (Syne Master 753 DFX) modellari. LCD – TFT – monitorlarini ishlab chiqaruvchilar bo’yicha ham xuddi shu ko’rinish. Bozorda asosan ana shu uch kompaniyalavr masulotlari taklif etilgan: LG, Samsung va Fujitsu – Siemens. LCD – TFT – monitorlarining qaysi biri yaxshi, qaysi biri yomonligini bilmayman, chunki ularning sotilishi haqidagi ma`lumotlarga ega emasman va umuman har gal yangi modeldagi monitorlar eikazilib berilmoqda.
Qo’shimcha aksessuarlar va kurilmalar
Yaqin yillarda kompyuter ikki qismdan tashkil topgan edi: sistemali blokdan va monitordan. Bugungi kunda esa har qanday ShK tarkibiga hech bo’lmaganida tovush kolonkalari kiradi. Eng arzon kolonkalar bugungi kunda 6$ turadi, lekin ular sifatsiz tovushli, vaholanki, kompyuter bilan aynan ana shu kolonkalar sotiladi. Menimcha, kompyuter narxiga 10 – 20 dollar qo’shib tovushi yaxshi jaranglaydigan sifatli kolonka sotib olish mumkin, chunki bugungi kunda internetdan MP3 formatidagi juda ko’p musiqani (audiodisklar sotib olishga katta pullar sarflamay turib) yozib olish mumkin, bundan tashkari hozirgi har qanday uyinlar ham juda yaxshi tovushlavr bilan beriladi.
Tovush kolonkalari bugungi kunda odatda ikki turda bo’ladi: stereo (oddiy ikkita stereo kolonka yoki past chastotalarni generatsiyalash uchun «sav bufer» yana ikkita kolonka) va olti kolonkali (5+1) sistema (ba`zida 4+1).
5.1 sistemasi «hajmli» tovushni eshitish imkonini beradi,chunki kolornkalarni old tomoniga ham orqaga ham qo’yib chiqsa bo’ladi. Аmmo bunday kolonkalarni sotib olib sizning tovush platangiz 5.1 sistemasini ta`minlaydigan bo’lsagina foydalana olasiz. Oddiy sistemali platada odatda tovush kartasi kiritilgan bo’ladi va oddiy stereo sistemasiga ega, ancha qimmat platalarda (masalan biz yuqorida ko’rib o’tgan platada) olti kanalli tovush kartasi o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Shunday materinskaya platalar borki unga High End klassli lampani kuchaytiruvchi ham o’rnatilgan bo’ladi, ular odatda (“domashniy kinoteatr”) uy kinoteatrlarida ishlatiladi. Birok agarda 5.1 sistemasini ta`minlaydigan tovush kartasi urnatilgan (yoki umuman bo’lmasa) aloxida PCI – kartasini sotib olish mumkin. Ulardan eng mashxuri Greative SB Live 5.1 ovoz kartasi hisoblanadi (uyda foydalanish uchun) va yanada yangirogi – Greative Аudigy 5.1 (u xatto “nisbatan professional” foydalanish uchun ham yaraydi).
![]() |
Zamonaviy kompyuterlarga qo’shimcha kurilmalardan ko’pi Internet tarmogiga ulanish uchun modemlar hisoblanadi. Toshkent uchun (chunki bizda raqamli АTS lar bor) men Ussrobotics 56K, Zy XEL OMMI 56 K va Acorp m – 56 EM tashqi modellarni qulay, deb hisoblayman. Bu modellarning narxi 55 dollardan 85 dollargacha boradi. Eng professional anologli modeli, debUSR Courier 56 K isoblanadi, ammo uning narxi 200 dollar atrofida, lekin professional foydalanish uchun bu eng yaxshi modem. Ichiga urnatiladigan PCI – modemlar, ayniqsa, 15 – 20 dollarli dasturlilari bizning tarmoqlarimizda juda sekin va noaniq ishlaydi, shuning uchun men ularni harid qilishni maslahat bermayman. Ichiga o’rnatiladigan apparatli PCI – modemlar esa (aniqrogi usha tashqi modemlarning ichiga urnatilish uchsuli) masalan, USR 56 K HARDWARE (CONDOR yoki HAWK) ZyXEL ONNI 56 PCI yoki USR Courier 56 K PCI, tashkilaridan hech ham qolishmay ishlaydi va shu bilan birga 20 – 30% foizga arzon turadi. lekin Toshkentda kam uchraydi.
![]() |
Men atayin FDD 3.5” diskavod haqida hech narsa aytmadim, chunki bugungi kunda har bir kompyuterga o’rnatiladi. 3,5” dyuymli 1,44 M.bayt sig’imli disketlar eski davrdan beri bor bo’lib kelayotgan bo’lsa ham ulardan har holda foydalaniladi, birinchi navbavtda katta bo’lmagan (asosan matnlar) fayllarini tez yozib olish uchun yoki HDD operatsion sistemasi ishlamay qolgan holda «sistemali» disketdan kiritish uchun har ehtimolga qarshi shu diskavodga ega bo’linadi. Bugungi kunda CD ROM yordamida sistemani kiritish mumkin bo’lsa ham baribir disketini afzal biladilar.
![]() |
Oxirgi paytlarda 3,5” dyuymli disketlar o’rniga 16 dan 512 M.baytgacha flesh – xotirali mikrosxemali alohida diskavodlar juda qulay bo’lib qoldi. 16 M.baytli kurilmaning narxi 17 – 20 $, 64 M.baytliginiki esa 45 dollargacha buladi. Ular juda tez arzonlashib bormoqda va juda yaxshi tarqatuvchi hisoblanadi, chunki deyarli har qanday kompyuterga FDD diskavodi uzatish tezligidan bir necha bor ortik tezlikda katta hajmdagi ma`lumotlarni aynan USB flach drive diskavodida olib yurish qulay bo’ladi, disketlar esa juda ham ishonchsizdir. Bu maqolaning kattaligi qaramay men zamonaviy kompyuterni tashkil etuvchi kurilmalar va qismlarining ko’rsatkichlarini faqatgina bir oz keltirib o’tganini, albatta, tushunarlidir. Ko’plab kurilmalar, tarmoq kartasi, TV – tyuner yoki tasvirni qabul qilish platasi va boshqarishni biz ko’rib chiqqanimiz yo’q, chunki bu kurilmalar har holda o’z maqsadiga ega va ular aytaylik hamma kompyuterda ham kerak bo’lavermaydi. Ular haqida alohida gapirib o’tish mumkin.
SHahsiy kompyuterni baribir mahoratli mutaxassis yig’ish kerak deb hisoblagan holda shunga qaramay bu maqola o’z shahsiy kompyuteringizni o’zingiz tushunib tanlab olishingizga yordam beradi deb ishonaman.
![]() |
Protsessorlar haqida ba`zi bir ma`lumotlar
CPU (Central Processing Unit) – markaziy protsessor FalseP), markaziy protsessorli kurilma FalsePU), jargon kamen (tosh) (protsessor boshqa UMC lar kabi toshning tarkibiga kiruvchi asosiy modda (Si) – kremniydan yasaladi). Kompyuterning hamma operatsiyalarini bajaruvchi UMC lar uning hamma sistemalarini va elementlarini boshkarishni amalga oshiradi.FalsePlar boshqaruvchi va bajaruvchi kurilmalarni o’z ichiga oladi, kompyuterning hamma uskunalari ishlashini nazorat qiladi va arifmetik hamda mantiqiy axborot jarayonlarni bajaradi. IBM firmasi o’zining birinchi IBM PC XT professional kompyuterini ishlab chiqarishga qaror qilgan paytda sotuvda 8 va 16 – razryadli protsessorlarining bir qatori mavjud edi.
IBM firmasi Intel firmasining protsessorlarini tanladi. Intel firmasi usha davrda 16 – razryadli Intel 8086 protsessori quvvatliroq bulishiga qaramasdan IBM 4.7 MGts taktli chastotada ishlaydigan 8 – razryadli Intel 8088 protsessorini ishlatishga qaror qildi.
Bunga sabab kompyuter industriyasida 8 – razryadli sxema va qurilmalardan ko’plab foydalanishi bo’ldi. 1981 yili birinchi IBM PC XTkompyuteri ishlab chiqarildi, u IBM korporatsiyasi qudrati va obro’si hisobiga sahsiy kompyuterlar uchun standart (namuna) bulib koladi. Аna usha paytda IBM – bir biriga mos keladigan (o’rnini bosa oladigan, bimga ishlaydigan) kompyuterlar tushunchasi paydo bo’ldi. Keyinchalik IBM korporatsiyasi Intel 8086 protsessorli 16 – razryadli kompyubterni ishlab chiqardi.
Pentium – «Pentium» protsessorlari (beshinchi deb tarjima qilinadi) birinchi bor bu nom x 86 qatoridagi beshinchi (586) avlod protsessmorlari uchun ishlatila boshlangan, ammo bugungi kunda oltinchi avlod uchun ham ettinchi avlod protsessorlari uchun ham raqam qo’yish ishlatilmoqda. Pentium savdo markasi bilan personal kompyuterlar uchun bugungi kunda turli seriyali protsessorlar ishlab chiqarilmoqda. Bu protsessorlar qatoriga quyidagilar kiradi: Pentium (R54S), Pentium Pro, Pentium II, Pentium III, Pentium 4 shu bilan birga ularning har bir turi uz turli protsessor yadrolariga ega.
Celeron – «Seleron», Falseeleron» deb umumiy qabul qilingan. Bu nom konstruktsichning turli elementlarini bildiruvchi inglizcha asosi “ Celer ” (“tezkor”) va “-on” qo’shimchasidan tashkil topgan.
Pentium II klassli markaziy protsessor (bugungi kunda bu savdo markasi Pentium !!! 4 klassli CPU larga ham taalluqli).
Intel firmasi tomonidan Pentium II ni urniga arzonroq sifatida taklif etilgan. Oldingi modellar (266 va 300 MGts chastotalilari) urnatilgan ikkilamchi KESh ga ega emasedi, qolgan modellarda esa (300 А dan boshlab) L2 cache – xotira sig’imi 128 k.baytni tashkil etadi. Protsessorlar S, E, P, P, (Sloft 1 turidagi) va P, P, G, A, (Socket 370 turidagi) korpuslarda ishlab chiqariladi. Yangi Celeron lar Socket 478 turida ishlab chiqariladi. Unga mos bo’lgan 1 – 7 % ok takt chastotali Pentium II va Pentium III ga mahsuldorligi bo’yicha pastrokdir, lekin ulardan bir necha bor arzonroqdir. Yangi Celeron lar 566 MGts dan va yuqoriroq chastotagacha egadir.
Willamette – «Uillament» protsessor yadrosi (АKSh dagi daryo nomi bo’yicha). Pentium 4 klassli birinchi protsessorning kodli nomi. Oldiniga Socket 423 da ishlab chiqarilgan, bugungi kunda Socket 478 da. 32 – razryadli Intel IА – 32 arxitekturasi (Architecture) bazasida kurilgan. Savdoda 2001 yildan paydo bo’ldi.
Athlon (balki, Athlete + on qo’shimchalaridan tashkil topgandir, “kichik polvon”) – “Аtlon” protsessori. AMD firmasining ettinchi avlod protsessori. Ilgari AMD K 7 shartli nomi bilan mashxur bo’lgan. X86 instruktsiyalari bilan mos keladi. X86 arxitekturali protsessorlarda ilgari qo’llanilmagan konstruktiv ko’rinish (kurilish) qo’llanilgan. Superkonveerli va superskalyar mikro arxitekturagi ega: x86 platformasi uchun birinchi bor o’zgaruvchi (harakatlanuvchi) zanyatoyli to’la konveerlashtirilgan superskalyar hisoblash bolki kullanilgan. K7 arxitekturasi uchta FPU uzellaridan iborat. Yukori unumdorligi 500 MGts takt chastotasida 1000 MFLOPS ni tashkil etadi. Sistema shinasining chastotasi 200 / 226 MGts.
L 1 Cache – xotirasi 128 k.bayt xotirasiga ega, L 2 512 k.baytdan to 8 M baytgacha hajmga ega bo’lishi mumkin (hozirgi Athlon XR 256 k.baytga ega). 3 D NOW! instruktsiyalari keng to’plamiga ega. Boshlangich chastotalari 500, 550 va 600 MGts ni tashkil etadi.
Intel firmasi protsessorlari bilan mos kelmaydigan materinskaya platalarda (Motherboard) kullaniladi. Savdoga 1999 yilning ikkinchi yarmida chiqarilgan.
Thunderbind – «Tanderberd» protsessorlari (momaqaldiroq qush). CPU s ikkinchi darajali (L 2) interallashtirilgan KESh li (Cache), misli metallizatsiyali. 0,18 mikronli texnologiya bo’yicha ishlab chiqariladi. Athlon protsessorlarining keyingi avlodi hisoblanadi. AMD firmasi tomonidan yaratilgan.
L 1 (Level 1) – birinchi bosqich, bosqis 1. Turli CPU larda foydalaniladigan birinchi darajali Cache – xotirasining belgilanishi. Odatda 32 kb (16 kb yo’riqnomalar uchun + 16 kb ma`lumotlar uchun) va 64 kb dan (32 kb instruktsiyalar uchun + 32 kb ma`lumotlar uchun) iborat buladi va protsessor bilan bitta kristalda joylashtiriladi.
L 2 (Level 2) ikkinchi bosqich, bosqich 2. Turli CPU larda foydalaniladigan ikkinchi darajali Cache – xotirasining belgilanishi. Odatda 128 – 512 va undan ortiq k.baytdan iborat bo’ladi (masalan Pentium Xeon modellarida 2 M baytgacha). Ba`zan protsessor bilan bir platada joylashtiriladi, zamonaviy protsessorlarda protsessor kristaliga o’rnatiladi.
MMX (Multimedia Extensions) – em – em – iks kengaytirishlar («multimediyali kengaytirishlar»).
Multimediyali kengaytirish va texnologiyasi Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib multimediyali va kommunikatsion programmali qo’llanmalarni ishlashini tezlatish maqsadida Pentium PP klasslarida foydalaniladi. Ko’pchilik multimediyali va kommunikatsion algoritmlari uchun xos parallelizm xususiyatidan foydalanib dasturlarning mahsuldorlik yuqori darajasiga erishishga imkon beruvchi va bir vaqt o’zida mavjud OS va dasturli qo’llanmalar bilan mos kelishini tula ta`minlovchi protsessorlarni yangi boshkaruv yo’riqnomalarini va yangi turdagi ko’rsatkichlarga ega.
Intel arxitekturasi boshqaruv yo’riqnomalari keng to’plamiga ega: 57 kodlar qo’shimcha qilingan, yangi tipdagi ko’rsatkichlar paydo bo’ladi: to’rtkarralik 64 – bitli so’zlar, konveer ketma – ketligi ikkita qo’shimcha fazalar qo’shildi. Butun sonli konveer bilan MMX – konveerning birlashtirilishi butun sonli konveerning matissa konveerini birlashtirish kabi bajariladi.
3 D Now! – «Tri Di – nau» texnologiyasi (Tri De – nau!). АMD firmasining mahsuloti MMX ga uxshash CPU K6-27amalga oshirilgan.
Grafik axborotlarni ishlab chiqishda (MMX dagi kabi) butun sonli hisoblash chiqish kabi o’zgaruvchan vergulli uch o’lchamli (3D) grafika operatsiyalarini bajarishni ham tezlashtirishga imkon beradi. 3D-qo’llanmalarni ishlab chiqish uchun 21 ta yangi yo’riqnomalarga ega. SSE (Streaming SIMD Extensions)-SIMD oqimli kengaytirish Intel Pentium 111 klassli CPU da qo’llaniladi. MMX yo’riqnomalariga qo’shimcha 70 yangi yo’riqnomalarga ega. O’zgaruvchan vergulli mulьtimediya operatsiyalarini ta`minlash uchun qo’llaniladi. SIMD (Single-Instuction, Multiple Data – bir oqimli boshqaruvlar va ko’plab ko’rsatkichli (kompyuter arxitekturasi haqida), kompyuter vektorli arxitekturasi.
SSE2-SIMD oqimli ma`lumotlari uchun boshqaruvni yanada kengaytiradi. Pentium 4 klassli CPU da qo’llaniladi. SSE 2 to’plami 144 instruktsiyalarga ega va butun sonli, o’zgaruvchan vergulli 128-razryadli ma`lumotlar bilan ishlashga imkon beradi.
“Ko’prik qurish” haqida ba`zi bir ma`lumotlar
Chipset protsessorning boshqa hamma qismlar va qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishini ta`minlovchi uning ajralmas qismi hisoblanadi. Chipset deganda odatda shimoliy (tizimli kontrolyor) va janubiy (atrofdagi qurilmalar kontrolyori) ko’prik deb ataluvchi ikki mikrosxemadan tashkil topgan tizimli mantiqiy 0makrosxemalar to’plami tushunchasi nazarda tutiladi.
Shimoliy (aloqa) – protsessor bilan bevosita bog’lanadigan (protsessor shinasi bilan) chipsetning “tizimli” tashkil etuvchisidir, shuning uchun har bir turdagi protsessor uchun bir-biriga yaqin turdagisidan tashqari, shimoliy ko’prikning uz varianti bulishi karak. Shimoliy ko’prik (xususan uning nomi bilan butun chipset ham nomlanadi, masalan Intel 82845D– chipset i 845D) protsessor, xotira, grafik tizimosti va boshqa qurilmalar o’rtasidagi ma`lumotlar oqimi uchun o’tkazish qobiliyati kerakli darajasini ta`minlaydi. Janubiy ko’prik atrofdagi tashqi qurilmalar bilan bog’lanadi, alohida shina yordamida shimoliy ko’prikka bog’lanadi, protsessor va atrofdagi tashqi qurilmalar ishlashi samaradorligi ana shu shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatiga bog’liq buladi. Bugungi kunda ko’priklar o’rtasida nuqta – nuqta tipidagi shinalar qo’llanilmoqda (shu bilan birga har bir ishlab chiqaruvchining shinasi turlicha). Intel bunday arxitekturani xabovoy deb ataydi (Hub intertace), ko’priklarni esa xablar, ammo xablarni hozirgacha ko’proq ko’priklar deb ataydilar.
Zamonaviy kompyuter interfeyslari va standartlari
AGP (Accelerate Graphics Port)-Ey-dji-pi, АGP tezlashtiruvchi grafik porti. 1997 yili uch o’lchamli (3D) grafikasini dasturini bajarishni tezlashtirish uchun Intel korporatsiyasi yaratgan shinaning spetsifikatsiyasi. Hajmi katta bo’lgan teksturalarni (Texture) saqlab qolish bilan birga video-OZU (Kram) dan tashqari ular bilan harakatlarni amalga oshirish uchun ham tizimli xotiraga to’g’ridan to’g’ri bog’lanishni ta`minlaydi, bu tizim mahsuldorligini yaxshilaydi, grafik kontrollyor va tizim xotirasi o’rtasida axborotlar kanalini yuqori tezligini ta`minlaydi.
Ushbu kanal grafik kontrollyorga teksturali kartalarni bajarish va ishlab chiqish, lokal video xotiradan kesh orkali izlamay, ularni tizim xotirasidan to’g’ridan – to’g’ri olishga imkon beradi. Kodlashtirilgan ma`lumotlarni CPU dan grafik kontrollyorga oqimini tezlashtiradi, bu bilan markaziy protsessor ishini ancha yengillashtiradi, buning natijasida boshqa hamma qurilmalar ishlashi tezlashadi. PCI shinasidan videografikaning yo’qotilishi hisobiga tizimning mustahkamligi oshadi. AGP kadrli bufer (Frame Buffer) xotirasidan samarali foydalanishga yo’l qo’yadi, shu bmlan ikki o’lchamli (2D) garfika unumdorligini ham oshiradi. PCI shinasidagi grafik akseleratorlar (Graphics Accelerator) ma`lumotlar uzatish 133 Mbayt/sek gacha tezlikka ega. AGP materinskiy plataning bevosita chipsetida joylashib va kompyuter xotirasiga to’g’ridan-to’g’ri konveerli (pipeline) aloqaga ega bo’lib, ancha katta ishlash tezligiga ega bo’ladi. AGP uchta rejimda ishlashi mumkin: 1×264 mb/s tezlik bilan ma`lumotlarni etkazadi, 2x 528 mb/s, 4x-1Gb/s gacha.
AGP 8x yangi spetsifikatsiyasi ham mavjud. Lekin u deyarli qo’llanilmaydi. AGP xotira tizimi bir qismini (integratsiyalashtirilgan (o’rnatilgan)). Videoadapter uchun foydalanish yo’li bilan qo’shimcha videoxotiralar harid qilish zaruriyatini yo’qotib RE narxini pasaytirishga imkon beradi.
![]() |
АTА-II AT Attachment – qurilma uskuna. Ey-ti (АT), АTА. Katik diskning sistemasi uziga kiritilgan kontrolyorli kattik diskning (HDD) texnik turi. Standartlar kushimcha (Small Form Factor – «kichik shakllar omili») ishlab chiqqan bir necha АTА versiyalari mavjud. ATAPI; ATA – 2; ATA – 3; ATA – 4 kabilar ham ma`lumdir.
АTА-2 (AT Attachment-2) – Ey – ti – ey – 2. АTА. EID (masalan Wertern Digital usulida) va Fast-ATA (Seagate usulida) nomi bilan ham ataladi, kontrolyori kiritgan qattiq diskning texnik turining bir versiyasi.
АTА-3 (АT Attachment-3) – Ey – ti – ey – 3. АTА Ultra nomi bilan ham ataladi. Kiritilgan kontrollyorli qattiq diskning (HDD) texnik turi versiyasidan biridir.33Mbayt/sek tezlikda ma`lumotlar uzatishga erishishga imkon beradi. (UDMA 66-66 Mbayt/sek, UDMA 100-100 Mbayt/sek, UDMA 133 da esa 133 Mbayt/sek tezlikka erishiladi).
АTА-RI (AT Attachment Rasket Interfase) –АTАPI, uzatish paketli rejim interfeysi IDE nomi bilan ham ma`lum. Kiritilgan kontrollyor bilan qattiq disk (HDD) texnik turi versiyasidan biri.
EIDE (Enhanced IDE)-interfeys EIDE (takomillashtirilgan IDE). IDE interfeysi (Interfase) asosida, uni SCSI yuqori unumdorli interfeysiga yaqinlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan, lekin undan farqli ravishda biror – bir qurilmaning ulashga imkoni yo’q, faqatgina turli ma`lumot to’lovchilarni ulash mumkin (HDD,CD-Rom). Kontrollyor 8,4 Gb hajmgacha bo’lgan (IDE faqatgina 528 Mb gacha) 4 ta to’lovchilargacha (ikki kanalli kontrollyorlarning har biriga ikkitadan) ulash imkoniyatiga ega. Ma`lumotlar uzatish tezligi 10-15 Mb/s tashkil etadi (16,6 Mb/s gacha). Bu kontrollyorning takomillashtirilgan turi- Ultra DMA (ba`zi bir ishlab chiqaruvchilar uni Fast АTА –3/4 deb ataydilar).
Western Digital firmasiyaratgan mahsuloti. Fire Wire (ma`nosi “alangali sim”) “Fayer Vayer” standartlar interfeysi. Tashqi qurilmani ulashga mo’ljallangan 1EEE 11394 ketma – ket yuqori unumdorligi shina yuqori tezlikning standarti.
Shaxsiy kompyuterga raqamli videomagnitofon DV axborot sifatili videokameralar, keng formatli video, skannerlar (Scanner), raqamli foto va videokameralar, boshqa kompyuterlar, turli keng polasali datchiklar kabi qurilmalar bilan birgalikda samarali ishlashiga imkon beradi. “Fayer Uayer” shinasi 400 Mbayt/s gacha tezlik bilan ma`lumotlar uzatishdan tashqari, 63 tagacha qurilmani baravariga ulashga imkon beradi, shu bilan birga ularni tizimni qayta yuklamay turib, ulash yoki o’chirish mumkin.
PSI (Peripheral Component interconnect) -Pi-sii-ay (ma`nosi “atrofdagi qurilmalarni ulash”) Pentium klassli oxirgi avlod protsessorlari uchun 64 bitli kengaytirishni ta`minlovchi shaxsiy kompьyuter 32-razryadli lokalь shinasi standarti. Shina orkali o’zaro ulashFalseP ishtirokisiz sodir bo’ladi. Intel firmasining maxsuloti, 33/66 MGts kayd etilgan takt chastotasida ishlaydi.
10 gacha turli Adcl-on, Expansion Card kengaytirish platalarini ulashga imkon beradi. Ulanayotgan qurilmalarni avtomatik ravishda moslashtirishga imkon beradi, bu shaxsiy kompyuterda Plug-n-Play texnologiyasini qo’llashda unga ustunlik beradi. 33Mgts chastotada 32 bitli rejimda o’tkazish qobiliyati (Bandwidth) 133 Mbayt/sek ni tashkil etadi. 66 MGts chastotali 64 bitli usulida o’tkazish qobiliyati 524 Mbayt/sek bo’ladi. Shinani almashtirish tezligi katta hajmli grafik (Application) qo’shimchalar bilan ishlash imkonini beradi va turli to’plovchilar ,bilan tez almashishni ta`minlaydi.
Ilgari ISA shinasi bilan ishlagani uchrab turar edi. Yana Macintosh ning oxirgi modellarida xam uchraydi. SCSI (Small Computer Systems Interface) interfeys SKАZI (kichik hisoblash tizimlari interfeysi). Ichki interfeyslar standartlaridan biri (Interface) bo’lib, IDE – interfeysidan keyin tarqalishi bo’yicha ikkinchidir. Tashqi qurilmalar cheklangan to’plamini, shu bilan maxsus qurilmalarni ta`minlovchi IDE-interfeysidan farqli ravishda SOS SCSI universalь interfeysiturli xil ichki va tashqi qurilmalarni (albatta to’plovchilarning bo’lishi shart emas) ta`minlash uchun ishlab chiqilgan.
80 yillar boshlarida ishlab chiqilgan bo’lib, yuqori tezlikni talab etuvchi va ma`lumotlar almashish yuqori tezligiga ega to’plovchilar va boshqa qurilmalar ulanishi uchun asosiy hisoblanadi.
Uning asosiy afzalliklari: yuqori darajada tez harakatliligi, shinalar orbitraji (deyarli protsessorni band etmay ishlashi mumkinligi), oltitagacha turli qurilmalarni ulash imkoniyati bor. Shu bilan birga nafaqat HDD va CD-Rom diskovodlarini balki skannerlarni (Scanner), printer (Printer) va boshqa kompьyuterlarni xam ulash mumkin. Kamchiliklari narxi qimmatliligi va nisbatan murakkab o’rnatilishi va shakllidan iborat.
Grafik tizimlar, videotasvirlar bilan ishlash va serverlar umuman olganda SCSI interfeysi qo’llanilishi bilan ancha ustunliklarga ega bo’ladilar. Interfeyslarning kuyidagi turlari mavjud: Wide SCSI, Ultra Wide SCSI va boshqalar, ular ko’rsatkichining razryadliligi va raz`yomlari turlari bilan farq qiladi USB (Universal Serial Bus) – universal ketma-ket (periferiynaya) (tashqi) shina. Kompyuter va tashqi qurilmalarning interfeysi eng muvaffaqiyatli tarqalgan standartlaridan biridir. Kompьyuterdan tashqari qurilmalarni mashina korpusidan tashqarida Plug-n-Play standarti bo’yicha ulash uchun muljallangan, natijada kengaytirish slotlarida qo’shimcha platalar o’rnatilishi (Expansion Slot) va tizimni qayta moslashtirish zaruriyati yo’qoladi. USB shinali shaxsiy kompyuter tashqi qurilmalarni kompьyuterga ulash va ular ulanishi bilan avtomati ravishda moslashtirilishini amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga shaxsiy kompyuterni qayta ishga sozlash va uchirish, o’rnatish dasturini ishga solishning keragi yo’q. Odatda katta tezlikni talab etmaydigan yangi kurilmaning o’rnatilishini osonlashtiradi- ushbu shinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/sek ni tashkil etadi. Shaxsiy kompьyuterda ushbu shina mavjud bo’lsa unga birinchi qurilmani ulash keyin bo’lsa bu kurilmagacha ikkinchisini va shu tartibda 127 tagacha qurilmalarni ulash mumkin, masalan monitor, klaviatura va shu kabilar. Bu shinaning ishlashi uchun kompьyuterda USB ichki shinasi maxsus drayverlar, BIOS ta`minlovchisi, tashqi qurilmalarda USB raz`yomlari bo’lishi talab etiladi.
Kompyuter va telekommunikatsiyalar ishlab chiqaruvchi etakchi firmalar Compag, Dec, IBM, Intel, Microsoft, NEC va Nothern Telecom firmalari tomonidan yaratilgan.
USB 2,0 (Universal Serial Bus 2,0) universal ketma – ket (tashqi) shinaning 2,0 versiyasi. Yangi spetsifikatsiyaning ilgarigi USB 1,1 versiyasiga nisbatan asosiy afzalligi shaxsiy kompьyuter va tashqi qurilmalar o’rtasidagi aloqa vositalari o’tkazish chizig’ini ancha kengaytirishni ta`minlaydi, aynan 12 Mbit/sek dan to 480 Mbit/sek gacha kengaytiriladi, bu esa skanerlar bilan, tashqi tulovchilar bilan, raqamli foto va videokameralar bilan ishlashda samaradorlikni ancha oshiradi. Yangi spetsifikatsiya yangi portlar bilan ishlaydigan (oldingi o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan) mavjud USB – qurilmalar bilan bir-biriga mos tushadigan bo’ladi.
RAID (Redundant Aray of Inexpensive Discs)-“RАYD” arxitekturasi (arzon diskli ZU lardagi rezervli massivlari). Bu texnologiya biror – bir to’lovchining ishdan chiqishi sodir bo’lganida ma`lumotlarni himoya qilishni ta`minlash uchun va shu bilan ishdagi uzilishlarni bartaraf etish uchun yaratilgan, masalan lokal tarmog’ini (LAN). Bu imkoniyat ma`lumotlarning ko’pligi hisobiga amalga oshiriladi.
Ushbu arxitektura maxsus PO yordamida bir vaqtning o’zida ikki va undan ko’p disklar bilan yuqori tezlikda ma`lumotlar uzatishga erishishga imkon beradi. Shu bilan birga kompyuter bir necha diskka baravariga yozadi va o’qiydi, demak unumdorlik samarasi oshadi.
Yuqori sifatli video yozish uchun foydalaniladi, hamda yuqori ishonchlilik tizimlari va ma`lumotlarni ehtiyot shart saqlashda ishlatiladi.
Mirroring – (aksini ko’rsatish) qaytarish, nusxa olish. Ehtiyot shart nusxa olish hisobiga ma`lumotlar saqlanishi ishonchliligini oshirish usullaridan biri.
Bir konrollyorga kamida ikkita HDD (asosiy va nusxa olish) ulanadi. Maxsus PO bir vaqtning o’zida ma`lumotlarni ikkala diskka yozishga imkon yaratadi. Uni o’qishda kontrollyor faylni bir qismini goh birinchi, goh ikkinchi to’plovchidan navbatma – navbat oladi. Biror – bir HDD da xato bo’lsa, ma`lumotni boshqasidan oladi.