Infocom.uz

O’zAAA delegatsiyasi radiochastotali spektor va elektromagnit moslik masalalari bo’yicha ASHH komissiyasi ishida ishtirok etmoqda

pic

ASHH komissiyalari yig’ilishida O’zbekiston Respublikasining Radiochastotalar bo’yicha davlat komissiyasi raisining o’rinbosari A.Gataulina boshchiligida delegatsiya ishtirok etmoqda. Uning tarkibida Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Elektromagnit moslik markazi, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi vakillari bor.

Yig’ilish davomida ASHH ning aloqa ma’muryatlari a’zolari va radochastotali spektordan foydalanish va radioelektron vositalarning elektromagnit mosligi masalalarini tartibga solish bo’yicha ekspertlar ma’ruza qilishdi.

Radioaloqani tartibga solishning xalqaro jihatlari – turli xizmatlarning radiotizimlarida raqamli keng polosali radio standartlardan foydalanish, MDH mamlakatlarida raqamli teleradioeshittirishlarni rejalashtirish va joriy etish, radiochastotali spektorning konversiyasi, shuningdek ASHH aloqa ma’muriyatlarining radiochastotali spektordan foydalanish masalalari bo’yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Qo’shma yig’ilishda istiqbolli texnologiyalar, xusasan, simsiz ulanish texnologiyalari masalalari, ASHH raqamli eshittirishlarini rejalashtirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyati, ASHH Aloqa ma’muriyatlari radiochastotali spektor konversiyasi masalalari bo’yicha tajriba almashish masalalarini ko’rib chiqish rejalashtirilgan.

ASHH komissiyasi yig’ilishi o’z ishini 17 oktyabrgacha davom ettiradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top