Infocom.uz

O’zAAA Hay’atining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi

Hay’at, kun tartibiga ko’ra O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o’rtasida 2006-2008 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuvining 2007 yildagi bajarilish yakunlari va Xalqaro elektraloqa ittifoqi Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo’yicha butunjaxon Assambleyasiga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida masalalarni ko’rib chiqdi.

Birinchi masala yuzasidan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi T.Nazarjonov ma’ruzasi tinglandi. Uning ta’kidlashicha 2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra sohada bitta Tarmoq kelishuvi, ikkita Tarif kelishuvi, bitta yagona Jamoa shartnomasi va 190 ta Jamoa shartnomalari tuzilgan hamda amal qilmoqda. Xodimlarni jamoa shartnomaviy munosabatlar bilan qamrash darajasi 100 foizni tashkil etdi.

2007 yilda Jamoa shartnomalarining bajarilish yakunlari mehnat jamoalarining yig’ilish, konferensiyalarida, Kelishuvlar va yagona Jamoa shartnomasining bajarilishi yakunlari esa aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyat Direktorlari kengashi va O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosatining qo’shma majlislarida ko’rib chiqildi.

Shuningdek ushbu masala yuzasidan “O’zbektelekom” AK bosh direktori X.Muxitdinov, “O’zbekiston pochtasi” OAJ bosh direktori R.Qosimov, “Matbuot tarqatuvchi” AK bosh direktori S.Najbiddinovlar, shuningdek, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiing Namangan, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari hududiy boshqarma boshliqlari so’zga chiqdilar.

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish butunjaxon Assambleyasi (BESA-08)ga tayyorgarlik ko’rish to’g’risidagi masala yuzasidan Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi direktorining o’rinbosari Z.Giyasov ma’lumot berdi.

BESA-08ga tayyorgarlikni tashkil etish maqsadida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyrug’i bilan ishchi guruh tashkil etilgan va XEI-Tning standartlashtirish sektori bilan ishlash va BESA-08ga ulushni tayyorlash bo’yicha Ishchi guruhning Tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

XEI telekommunikatsiyalarni tandartlashtirish sektorining faoliyatini, O’zbekistonda AKT sohasidagi standartlashtirish muammolarini o’rganish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining BESAga ulushini tayyorlash maqsadida FTMTM tomonidan «Butunjaxon elektr aloqani standartlashtirish assambleyasi materiallarini tadqiq va tahlil qilish hamda O’zbekiston Respublikasining BESA-08ga ulushini tayyorlash» ilmiy-tadqiqot ishi (ITI) o’tkazilmoqda. Ko’rsatilgan ITIni o’tkazishning asosiy maqsadlari Agentlik uchun telekommunikatsiyalarni standartlashtirish masalalari bo’yicha tahliliy materialni tayyorlash va XEI Standartlashtirish sektorining yuqori organi bo’lgan BESA uchun O’zbekiston Respublikasining pozitsiyalari (ulushi)ni ishlab chiqishdan iborat.

O’zbekiston ulushi bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish natijasida Agentlikning Ishchi guruhi tomonidan BESA-08ga ulushlar bo’yicha dastlabki takliflar tayyorlandi, ular mavjud ishlovchi sxemaga ega yangi strukturaning izchilligini saqlash, joriy va istiqboldagi vazifalardan kelib chiqqan holda, Tadqiqot komissiyalari bo’yicha vazifalarni oqilona taqsimlash hamda ikki tadqiqot komissiyalarini birlashtirishdan iborat.

XEI faoliyatini qayta tuzish bo’yicha O’zbekiston dastlabki ulushi BESA-2008ga tayyorgarlik ko’rishda Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik (ASHH) umumiy takliflarini shakllantirish uchun ASHH Ijroiya qo’mitasiga taqdim etilgan

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Hay’at tegishli qarorlar qabul qildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top