Infocom.uz

O‘zAAAda 2010-yil birinchi choragida AKTni rivojlantirish yakunlari e’lon qilindi

aci_27_04_2010

Hay’at ishida Agentlik bo‘limlari va hududiy boshqarmalari, aloqa va axborotlashtirish sohasi aksiyadorlik kompaniyalari, koxonalar va tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar. Agentlik tizimiga kiruvchi mintaqaviy korxonalarning yig‘ilishda ishtirok etishi videokonferensaloqa vositasida ta’minlandi.

Yig‘ilishni Hay’at Raisi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X.Muxitdinov olib bordi.

Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori o‘rinbosari A.Xodjayev kengaytirilgan ma‘ruza bilan chiqish qildi.

Joriy yilning birinchi choragida AKT sohasida 442 mlrd. so‘mlik, jumladan aholiga 265 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan o‘sish 7,5% ni tashkil etdi.

aci_27_04_2010_1

2010-yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha I chorakda 37,5 mln. AQSh dollari (59 mlrd. so‘m) ga teng investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Bundan tashqari, korxonalarning o‘z mablag’lari evaziga 7,33 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan.

Respublika bo‘yicha raqamlashtirish darajasi 92,7%ni tashkil etdi.

O‘zAAA Bosh direktori o‘rinbosarining ma’ruzasida qayd etildiki, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish jarayoni quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
– Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlari soni 977 tani;
– respublika bo’yicha Internetdan jamoaviy foydalanish punktlari umumiy soni 1023 tani;
– xalqaro axborot tarmoqlariga ulanishning umumiy tezligi 1270 Mbit/s.ni tashkil etdi;
– Internetdan foydalanuvchilarning tahminiy miqdori 2,8 mln. nafarga yetdi – respublika bo’yicha har 1000 ta aholiga 100 nafar foydalanuvchi to‘g‘ri keladi.

Elektron hujjat aylanishi tizimini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish, dasturiy ta’minot ishlab chiqarilishi hajmini oshirish va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ularning eksportini rivojlantirish borasida muayyan ishlar bajarildi. Jumladan, bugungi kunda ERI foydalanuvchilari miqdori 45360 nafarni tashkil etadi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari qabul qilingan dasturga muvofiq olib borilmoqda. G‘isobot davrida jami 4733 nafar soha mutaxassislari turli o‘quv markazlarida malakalarini oshirdilar.

Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181- son Qaroriga muvofiq, interfaol davlat xizmatlari turlari 94 taga yetdi. Bugungi kunda tasdiqlangan bazaviy interfaol davlat xizmatlari asosida on-layn tarmoqda 344 turdagi xizmat taqdim etilmoqda.

Davlat tomonidan belgilangan dasturlarni bajarishda rahbarlarning ijro intizomiga hamda tarmoqni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvofiq ravishda yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etishga alohida e’tibor berildi.

Yig‘ilish davomida “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” OAJning Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyat filiallari faoliyat natijalari sifatli telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish borasida joylarda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanilmaganligi yuzasidan tanqidiy tahlil qilindi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va O‘zAAA hududiy boshqarmalari, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ, “Matbuot tarqatuvchi” AK va Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va faoliyatlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, tarmoq oldida turgan istiqboldagi vazifalar ham muhokama etildi. Xususan, birinchi navbatda sohaga innovatsiyalar va yangiliklarni joriy etish, shuningdek, innovatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha ishlarni jadallashtirish, servis inftratuzilmasini rivojlantirish, qo‘shimcha ish o’rinlarini yaratish, zamonaviy xizmat turlarini joriy etish hamda rivojlantirish va boshqalar shular jumlasidandir.

Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top