Infocom.uz

O’zAAAning navbatdagi Hay’at yig’lishi bo’lib o’tdi

Yig’ilishda shuningdek Agentlik markaziy apparati yetakchi bo’limlari, aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari qatnashdilar. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining ishtiroki esa selector aloqasi orqali ta’minlandi.

Yig’ilishda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o’rtasida 2006-2008 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuvining 2006 yildagi bajarilishi yakunlari hamda 2006 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi tog’risidagi masalalar muhokama etildi.

pic

Ushbu masalalar yuzasidan O’zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi T. Nazarjanov, Agentlikning litsenziyalash va sertifikatlashtirish bo’limi boshlig’I A. Gataulina va Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi direktori M. Maxmudovlar ma’ruzari tinglandi.
Tarmoq va Tarif kelishuvlari, Jamoa shartnomalarining qabul qilinishi soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy xuquq va manfaatlarini himoyalash yo’nalishlaridandir. 2006 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra sohada sohada bitta Tarmoq kelishuvi, uchta Tarif kelishuvi va 184 ta Jamoa shartnomalari tuzilgan va amal qilinmoqda. Xodimlarni jamoa – shartnomaviy munosabatlar bilan qamrash darajasi 99,9% ni tashkil qiladi.

Nazarjanovning tata’kidlashicha o’tgan yillardagi kabi, tasdiqlangan jadvalga muvofiq Jamoa shartnomalarining 2006 yilgi bajarilish natijalari filiallar, korxona va tashkilotlar mehnat jamoalarining majlislari, konferensiyalarida, Tarif kelishuvlarining 2006 yilgi bajarilish yakunlari esa «O’zbektelekom» va «Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyalari, «O’zbekiston pochtasi» OAJ ning Direktorlar kengashi, yig’ilishi va aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosatining qo’shma yig’ilishlarida ko’rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilingan.

O’zAAAning 2006 yil 10 fevraldag qabul qilingan buyrug’i bilan tasdiqlangan 2006 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko’rib chiqish va ilmiy-tadqiqot va marketing tekshiruvlari ishlarini o’tkazish rejasiga asosan 71 ta normativ hujjat (NH) va 20 ta ilmiy-tadqiqot ishlarining (ITI) ishlab chiqilishi va qayta ko’rib chiqilishi ko’zda tutilgan edi. Bunda reja bilan ayrim NHning ishlab chiqilishini 2007 yilda va ITIni 2007-2009 yillarda yakunlash ko’zda tutilgan.

– 2007 yilga tarmoq standartlashtirish rejasi, 2007 yilga ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari dasturlarini shakllantirish maqsadlarida normativ hujjatlar bo’yicha Ekspert komissiya tomonidan O’zAAA bo’limlari, tarmoq korxona va tashkilotlarining normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko’rib chiqish, ustuvor ilmiy-tadqiqot va marketing tekshiruvlarini o’tkazish bo’yicha takliflari ko’rib chiqildi deya ta’kidladi A. Gataulina.

Yig’ilishda muxokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top