Infocom.uz

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Hay’atning yig’ilishida

Hay’atda kun tartibiga muvofiq Agentlikning hududiy boshqarmalari va tizimidagi ayrim tashkilotlarning mazkur hududlardagi quyi tarkibiy bo’linmalarida 2007 yil birinchi chorak davomida ijro intizomi holatini o’rganish natijalari, 2007 yil Xalqaro radioaloqa konferensiyasiga tayorgarlik ko’rish kabi masalalar ko’rib chiqildi.

pic

Birinch masala yuzasidan Agentlikning hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i X.Isaev ma’ruza qildi. Uning ta’kidlashcha O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2007 yil I yarim yillik ish rejasi bilan tasdiqlangan Agentlikning hududiy boshqarmalarida va Agentlik tizimidagi tashkilotlarda ijro intizomiga rioya qilish holatini o’rganish jadvaliga muvofiq 2007 yilning yanvar – mart oylarida Agentlikning Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalarida, shuningdek «O’zbektelekom» AK, «O’zbekiston pochtasi» OAJ, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazining ushbu hududlardagi quyi tarkibiy bo’linmalarida sohaga oid O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident va Hukumat qarorlarini bajarishda ijro intizomiga rioya qilish ahvoli o’rganilgan.

O’rganishlarda O’zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to’g’risida», «Axborotlashtirish to’g’risida», «Pochta aloqasi to’g’risida», «Radiochastotalar spektri to’g’risida», «Fuqarolar murojaatlari to’g’risida»gi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-son «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son «Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», 2004 yil 7 maydagi 215-son «O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida», 2005 yil 19 maydagi 128-son «2010 yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish Dasturi to’g’risida»gi qarorlari ijrosining borishi maqsadli o’rganilgan.

Ma’ruzachi shuningdek Agentlikning hududiy boshqarmalari, korxona va tashkilotlarning quyi bo’g’inlarida olib borilayotgan ishlar shuni ko’rsatdiki, tegishli qonunlar, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tarkibiy bo’linmalar zimmasiga yuklangan vazifalar va maqsadli ko’rsatkichlar Agentlik hamda tizimdagi yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan reja va dasturlarga asosan amalga oshirilib kelinayotganini ta’kidladi.

pic

Ikkinch masala yizasidan Radiochastotalar bo’yicha davlat komissiyasi raisi o’rinbosari M.Xalmuratova ma’ruzasi tinglandi.

Tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2006-2007 yillarda Tayyorlov komissiyasi tomonidan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-07)ga tayyorgarlik ishlari davom ettirildi.

Tayyorlov komissiyasi yig’ilishida BRK-07 kun tartibiga kirgan masalalar bo’yicha Xalqaro elektraloqa ittifoqi Radioaloqa Byurosining Tadqiqot komissiyalari olib borgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, O’zbekiston Aloqa ma’muriyati delegatsiyasi joriy yil 19 fevral-2 mart kunlari Jenevada bo’lib o’tgan Konferensiyaga tayyorgarlik bo’yicha yig’ilish (Yig’ilish) ishida ishtirok etdi.

Yig’ilish ishida XEIga a’zo 101 davlatlardan 1000 dan ortiq delegatlar, jumladan Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi davlatlardan Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston aloqa ma’muriyatlaridan tashqari barcha aloqa ma’muriyatlaridan delegatlar ishtirok etdi.

Yig’ilishning asosiy vazifasi BRK-07ning kun tartibiga kiruvchi texnik, ekspluatatsiya va reglamentar-protsedura masalalari bo’yicha to’liq ma’lumotni o’z ichiga olgan H’isobotni tayyorlashdan iborat edi.

Yig’ilishda oldindan tayyorlangan G’isobotning 7 bobi bo’yicha BRK-07 kun tartibidagi barcha masalalarni qamrab olgan yettita Ishchi guruh ish olib bordi.

Xalmuratova shuningdek Butunjahon radioaloqa konferensiyasi 2007 yil 22 oktyabrdan 16 noyabrgacha Jenevada Radioaloqa Assambleyasidan (2007 yil 15-19 oktyabr) keyin o’tkazilishini ma’lum qildi.

Hаy’аtdа ko`rilgаn mаsаlаlаr yuzаsidаn tegishli qаrorlаr qаbul qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: