Infocom.uz

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida “Koreya Telekom” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

pic

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yangi yo’nalishlarida o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida koreyalik mehmonlar O’zbekiston Respublikasida Internetdan simsiz foydalanish xizmatini rivojlantirish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Mamlakatimizda chet el investorlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli “Koreya Telekom” korporatsiyasi O’zbekistonning telekommunikatsiya bozoriga yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali investitsiya hajmini kengaytirishni davom ettirish niyatida ekanligi ta’kidlandi.

O’zbekiston tomoni manfaatdorlikni tasdiqladi va Koreya kompaniyasini telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlantirish ishidagi hamkorlik va hamjihatlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

“Koreya Telekom” korporatsiyasi 1982 yil tashkil topgan. Uning bir yillik pul aylanmasi 12 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bugungi kunda “Koreya Telekom” korporatsiyasi Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanadi. Koreyadagi eng yirik va texnologik jihatdan to’liq ta’minlangan tarmoq ushbu korporatsiyaga tegishlidir. Bu mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa, shuningdek, ma’lumotlar uzatish xizmatlarini yetkazib beradi, degani.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top