Infocom.uz

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida uchrashuv

Muloqot chog’ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining eng ilg’or yo’nalishlarida ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

2007 yilda «Koreya Telekom» va «Sumitomo Korporeyshn» (Yaponiya) transmilliy korporatsiyalari birgalikda «East Telekom» qo’shma korxonasining 85% ulushini xarid qildilar. Sotilgan aksiyalar paketidan tashqari, qo’shma korxonaning 15% «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli.

Uchrashuv davomida Koreya tomoni O’zbekiston Respublikasida Internet tarmog’idan simsiz foydalanish xizmatlarini rivojlantirish borasidagi kelgusi rejalari, jumladan, joriy yil sentyabr oyida Toshkent shahrida rejalashtirilayotgan tijorat asosidagi shunday tarmoqni ochish haqida ma’lum qildi. Ta’kidlanganidek, hozirga qadar mahalliy shart-sharoitni o’rganish va radiorejalashtirish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi. Demak, O’zbekiston Wave-2 eng zamonaviy texnologiyani qo’llovchi WiMAX mobil tarmog’iga ulangan kam sonli mamlakatlar qatoriga qo’shiladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top