Infocom.uz

O‘zbekiston fintex bozori: MasterCard hisoboti

O‘zbekiston raqamlashtirish davrida o‘z salohiyati va asta sekinlik bilan iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish hamda texnologik innovatsiyalarni joriy etish orqali investitsion jozibadorligi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanib ulgurdi. Bunda COVID-19 pandemiya davri asosiy turtki bo‘lib xizmat qildi. Mamlakatda chet ellik yangi banklarning xizmatlari paydo bo‘lgandan keyin mahalliy banklar ham o‘z xizmatlarini transformatsiya qilishga kirishdi.

2022-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda mazkur raqamlashtirishga oid ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekistonning fintex bozori bo‘yicha Mastercardning hisoboti tayyorlangan.

O‘zbekistonda 2019-yil uchun hufyona iqtisodiyot ulushi 52% ni tashkil etgan bo‘lsa, raqamli to‘lovlarni amalga oshirishda hukumatning bank sohasidagi qator o‘zgarishlari tufayli bugungi kunga kelib ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Onlayn tranzaksiya foydalanuvchilari soni 2018-yildagi 8 mln.ga foydalanuvchiga nisbatan 2022-yilda 30% ga oshib 30 mln kishini tashkil etgan.

2023-yil boshlanishida Respublikaning internet foydalanuvchilari soni 26,7 mln.tani (umumiy aholining 77%), umumiy faol uyali aloqa ulanishlari soni esa 32 mln.tani (umumiy aholining 91%) tashkil etdi.

2022-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan vaqtda 25 ta turli yo‘nalishlardagi startaplarga jami 7,1 mln. AQSh dollari investitsiya qilingan bo‘lib, 61% miqdori fintexga to‘g‘ri keladi. Shundan, 500 Global, UzcardVentures, oth. tomonidan 3 mln. AQSh dollari IMAN fintex startap uchun ajratilgan investitsiyadir.

Hozirgi kunda ko‘plab sotuvchilar to‘lovlarni elektron hamyonlar orqali qabul qilishni ma’qul deb topishyapti.
Bunda:
57% sotuvchilar Click;
36% sotuvchilar Payme;
20% sotuvchilar tanib ulgurilgan Uzum;
5% sotuvchilar OSON;
1% sotuvchilar esa ZOODPAYni tanlashmoqda.

O‘zbekistonda elektron tijorat 2018-yildagi 0,6% lik ko‘rsatkichga nisbatan 2022-yil 2,2% ni tashkil etib 1,6% ga o‘sish kuzatilgan. Elektron tijorat bozorida Wildberries, ZoodMall va Uzum market yetakchilardan hisoblanad. 2023-yilgacha bo‘lgan holatda elektron tijorat bozorining hajmi 311 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Shuningdek ushbu hisobot:

  1. Infratuzilma va o‘sish faktorlari – O‘zbekiston haqida faktlar, aholi jon boshiga to‘gri keladigan va nominal YaIM ko‘rsatkichlari, valyutadagi zahiralar, import va eksport miqdorlari, masofaviy bank xizmatlaridan foydlanish statistikasi, Respublikaning demografik ko‘rsatkichlari;
  2. Fintex ekotizimi – tartibga solish qumdoni va uni joriy etish, fintex sohasidagi yirik va kichik kompaniyalar, startaplar ro‘yxati, kiritilgan investitsiyalar miqdori va investorlar, IT iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari;
  3. Asosiy fintex trendlari – raqamli hamyonlar, elektron tijorat sohasidagi ilovlar va ma’lumotlar, mobil banking haqida ma’lumotlar;
  4. Porlay boshlagan fintex bozori yulduzlari – Zood, Billz, Iman, Marta va Bozor kabi fintex yulduzlari haqida faktlar;
  5. Asosiy xulosalar va istiqbollarni – O‘zbekistonda fintex bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiya va xulosalarni  o‘z ichiga oladi.

Hisobotning to‘liq shakli bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top