Infocom.uz

O‘zbekiston ilk bor Global Services Location Indexda

Kearney konsalting firmasi tomonidan olib boriladigan Global Services Location Index tadqiqotining 2023-yil hisobotini e’lon qildi.

Global Services Location Index tadqiqoti bu – 2023-yil uchun masofaviy xizmatlardagi joriy faollik va hukumatning sektorni ilgari surish tashabbuslari asosida tanlangan 78 ta davlatni 52 ta ko‘rsatkich orqali 4 ta asosiy toifada baholanganligini o‘z ichiga olgan hiosbot turi bo‘lib bular: moliyaviy jozibadorlik, insonlarning ko‘nikmalari va mavjudligi, biznes muhiti va raqamli rezonansni o‘z ichiga oladi.

Indeksning maqsadi xorijiy va mahalliy tashkilotlarga raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va mijozlar ehtiyojlarining o‘zgarishi sharoitida o‘z biznes tuzilmalarini joylashtirish uchun eng mos joylarni tanlashda yordam berishdir.

Moliyaviy jozibadorlik. Ushbu toifa o‘rganilayotgan mamlakatlarda biznes xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq turli xil xarajatlarni o‘lchaydigan 15 ta ko‘rsatkichdan iborat. Masalan, bu yerda o‘rtacha ish haqi, daromad solig’i va ish haqi darajasi, ofis/binolarni ijaraga olish xarajatlari, elektr va Internet uchun tariflar va boshqalar hisobga olinadi. Indeksda bu toifa eng katta vaznga ega bo‘lib 35% qiymatga ega. Mamlakatda xarajatlar qancha past bo‘lsa, uning ushbu toifadagi ballari shunchalik yuqori bo‘ladi.

Insonlarning ko‘nikmalari va mavjudligi ishchi kuchi sifati va miqdorini baholaydigan 10 ta ko’rsatkichdan iborat. Bu yerda ta’lim darajasi, til ko‘nikmalari, biznes xizmatlarida ishlash tajribasi, mehnat qonunchiligi, demografik omillar va boshqalar baholanadi. Mazkur toifa indeksda 25% vaznga ega. Mamlakatda xodimlarning malakasi va mavjudligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ushbu toifadagi ballari shunchalik yuqori bo‘ladi.

Biznes muhiti toifasi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, tartibga solish sifati, madaniy moslashuvchanlik, intellektual mulkni himoya qilish, biznesni boshlash va yopish qulayligi hamda boshqalar hisobga olinadigan mamlakatlarning biznes yuritish uchun qulaylik darajasini o‘lchaydigan 12 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi. Bu toifa indeksda 25% ni egallaydi. Mamlakatda ishbilarmonlik muhiti qanchalik yaxshi bo‘lsa, uning ushbu toifadagi ballari shunchalik yuqori bo‘ladi.

Raqamli sohadagi rezonans – yuqori malakali raqamli mutaxassislar va kompaniyalarning mavjudligi, raqamli ishchi kuchi ko’nikmalari, raqamli mahsulotlar hajmi, startaplar va innovatsiyalar soni, ma’lumotlarni huquqiy himoya qilish va boshqalar faolligini aks ettiruvchi 10 ta ko‘rsatkich. Mamlakatda raqamli sohada rezonans qanchalik yuqori bo’lsa, uning ushbu toifadagi ballari shunchalik yuqori bo’ladi. Ayni paytda, mutaxassislar kutganidek, kelgusi yillarda raqamli rezonans xorijiy kompaniyalar uchun o’z bizneslarini joylashtirishda hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin.

Kearneyning GSLI 2023-yilgi hisobotida O‘zbekiston umumiy hisobda 5,05 ball bilan 40-o‘rinni egalladi. Bunda:

Moliyaviy jozibadorlik 2,88 ball;

Insonlarning ko‘nikmalari va mavjudligi – 0,63 ball;

Biznes muhiti – 1,1 ball;

Raqamli sohadagi rezonans – 0,44 ball.

Ushbu indeksga kirish o‘z-o‘zidan bo‘lmadi albatta. Xalqaro kompaniyalar uchun O‘zbekistonni yirik jozibador texnologik mamlakatga aylantirishda 2019-2022-yillarda infratuzilma tayyorlanganligi va qonunchilik takomillashtirilganligi ham muhim ro‘l o‘ynagan. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra
IT-Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi
2,9 trln so‘mni tashkil etganini ta’kidlash mumkin.

2022-yilning shu davriga mos ravishda 292% oshgan va2021-yilda 438,6 mlrd, 2022-yilda esa 814 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda quyidagi yo‘nalishlarda natijalar qayd etilgan:

  • BPO — 157,1 mlrd so‘m;
  • dasturlash — 1,3 trln so‘m;
  • ta’lim — 25,6 mlrd so‘m;
  • qayta ishlash — 840 mlrd so‘m.

Rezidentlar tomonidan eksport hajmi o’tgan yilgiga nisbatan 327% ga oshib $57,2 mln.ni tashkil etdi. Eksportlarning katta hajmi AQSh ga (48%), Buyuk Britaniyaga (15%), Singapur (10%), MDH (10%) va boshqa davlatlarga (17%) to‘g‘ri keladi.

IT-Park rezidentlarining katta qismi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

  • IT-ta’lim – 20%;
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash – 5%;
  • BPO – 14% va eng asosiy yo‘nalish dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va

qo‘llab-quvvatlash (61%)ga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, IT-Park rezidentlariga berilgan soliq imtiyozlari ham eksport hajmini oshirish va hufyoa iqtisodiyotdan chiqishga katta yordam berdi. Bunda:

  • daromad solig‘i — 7,5%;
  • korporativ soliq — 0%;
  • yagona ijtimoiy to‘lovlar — 0%;
  • tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun import qilishda bojxona to‘lovlari esa mavjud emas.

Hozirgi kunda IT-Parkning 205 ta IT-Markazlarida 7395 ta o‘quvchi tahsil olmoqda. Qolaversa “Coursera” platformasidan 37,6 mingdan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 24 mingdan  ziyodi o‘qishmoqda. Shundan:

  • Math&Data – 74%;
  • Dasturlash – 12%;
  • Soft skills – 11%;
  • Sun’iy intellect – 2%;
  • Bulut texnologiyalari – 1% yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top