Infocom.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining yangi binosiga tashrif buyurdi

503

Prezidentimiz o’z tashrifi doirasida yangi barpo etilgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining yangi binosini borib ko‘rdi. Yurtboshimiz bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, talabalar, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Universitet o‘qituvchilari, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdi.

– Bunday zamonaviy binolarning barpo etilishi yoshlarimiz kelajagiga, ta’lim tizimiga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir, – dedi Islom Karimov. – XXI asr – axborot asri. Shunday ekan, farzandlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalariga, kommunikatsiya sohasiga qiziqishi tabiiy va bu quvonarlidir. Biz ertangi kunga qat’iy ishonch bilan qarab, yuksak maqsadlar bilan yashayotgan xalqmiz. Intellektual boylik asrida yuksak intellektual salohiyatga ega xalq jadal rivojlanadi.

Yangi bino g‘oyat muhtasham, o‘quv jihozlari va ta’lim jarayonida foydalaniladigan zamonaviy texnik vositalar bilan to‘la jihozlangan. Axborot-resurs, kompyuter va til o‘rgatish markazlari mavjud. Talabalar axborot texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan keng foydalanadi. Prezidentimiz ushbu oliy o‘quv yurtining nufuzini yanada yuksaltirish, ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top