Infocom.uz

O’zbekiston Respublikasida mobil aloqa abonentlari soni 7 milliondan oshdi

2008 yil boshida mobil aloqa abonentlari soni mamlakatimizda qariyb 6 millionni tashkil etgan bo’lsa, ikki oy mobaynidagi o’sish sur’atlari 16% tashkil etdi. Bugungi kunda O’zbekistonda mobil aloqani kirib kelishi darajasi 26,05% ko’rsatmoqda.

Yil davomida shunday o’sish sur’atlari saqlansa, 2009 yil boshiga kelib O’zbekistonda mobil aloqa abonentlar soni 12 milliondan oshishi mumkin.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda beshta mobil aloqa operatorlari faoliyat yuritmoqda: MTS-O’zbekiston (“Uzdunrobita”, GSM standarti), Unitel (“Bilayn” savdo belgisi ostida xizmatlar ko’rsatadi, GSM standarti), COSCOM (GSM standarti), Perfectum Mobile (Rubicon Wireless Communication, CDMA standarti) va “O’zbektelekom” AK filiali “O’zbektelekom mobayl” (“Uzmobile” savdo belgisi, CDMA standarti).

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top