Infocom.uz

“O’ZBEKISTON VA XITOY DIPLOMATIK ALOQALARIGA. 15 YIL” MARKASI MUOMALADA

Markada O’zbekiston Respublikasi va XXR Davlat bayroqlari fonida “Sherdor madrasasi” (1619-1636 yy.) va “Buyuk Xitoy devori” (eramizdan avvalgi III asr, umumiy uzunligi 6350 km) kabi milliy obidalarning fragmentlari o’z tasviriy ifodasini topgan. Markaning yuqori qismida “O’zbekiston va Xitoy diplomatik aloqalariga 15 yil” degan yozuv ham bor. Esdalik (xotira) tamg’asi (shtempeli)da uning nomi, maxsus tamg’a bosish joyi va sanasi ko’rsatilgan. Pochta markasi va esdalik tamg’asi dizaynini U.R.Yusupaliev ishlagan. 2007 yil 2 yanvar kuni “Toshkent shahar Bosh pochtamti” binosida O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligining 15 yilligiga bag’ishlab chiqarilgan pochta markalariga esdalik uchun maxsus tamg’alash tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Xunszyun ishtirok etdi.

pic

2007 yil 2 yanvar kuni “Toshkent shahar Bosh pochtamti” binosida O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligining 15 yilligiga bag’ishlab chiqarilgan pochta markalariga esdalik uchun maxsus tamg’alash tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Xunszyun ishtirok etdi.

pic

Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA), “O’zbekiston pochtasi” OAJ vakillari, shuningdek, O’zbekiston Filatelistlari jamiyati (2003 yil tashkil etilgan) va ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari qatnashdilar.

pic

Mehmonlarning tabrik so’zidan keyin yangi markali konvertga esdalik uchun maxsus tamg’a bosish Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Yuy Xunszyun tomonidan amalga oshirildi.

pic

Yangi markani esdalik uchun maxsus tamg’alash tadbiri “Toshkent shahar Bosh pochtamti” binosining katta zalida 2007 yil 2 yanvar kuni soat 17-00 da bo’lib o’tdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top