Infocom.uz

O’zbekistonda 8 milliondan ziyod abonent MTSni o’z mobil operatori sifatida tanladi

Butun joriy yil davomida MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlar bazasini ko’paytirish sur’atlarini oshirib bordi. 2009 yil dekabr oyi o’rtalaridan 2010 yilning sentabrigacha kompaniya abonentlari soni 14 foizdan ko’proqqa ko’paydi va 8 000 000 kishiga yetdi, bu esa respublika aholisining 28 foizidan ortig’i MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlari hisoblanishini anglatadi.

«MTS-O’zbekiston kompaniyasi rivojlanish strategiyasining asosiy ustunliklaridan biri – abonentlarning zamonaviy dunyo standartlariga javob beradigan sifatli va qulay aloqaga bo’lgan ehtiyojlarini imkon qadar qondirishdir. Yangi tariflar bo’yicha takliflar, abonentlarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, innovatsion texnologiyalar va servislarni tatbiq etish, MDHda birinchi bo’lib LTE tarmog’ining ishga tushirilishi — bularning barchasi bugun O’zbekiston Respublikasi aholisining 8 milliondan ortig’i MTS mobil aloqasini tanlashi uchun poydevor bo’ldi», – deb ta’kidladi, vitse-prezident, “МТS Zarubejniye kompanii” Biznes-birligi prezidenti Oleg Raspopov.

Aloqa sifatini yaxshilash va tarmoq xizmat doirasini kengaytirish dasturini amalga oshirish doirasida MTS-O’zbekiston kompaniyasi O’zbekiston aholisini sifatli mobil aloqa bilan ta’minlash yuzasidan bir qator keng tadbirlar olib bordi va mamlakatning turli mintaqalarida yangi bazaviy stansiyalarni ishga tushirdi. Olib borilgan ishlar mahsuli – O’zbekistonda MTS tarmog’i xizmat doirasining kengayishi bo’ldi, ya’ni xozirda mamlakatimizning aholi yashaydigan hududining 94 foizi MTS aloqasi bilan qoplandi. Ta’kidlash zarurki, 2008 yilda ishga tushirilgan 3G tarmog’i O’zbekistonning 5ta yirik shaxrida ishlaydi va kompaniyamiz keyingi yilda 3G tarmog’ini O’zbekiston Respublikasining barcha viloyat markazlarida ishga tushirishni rejalashtirgan.

Kompaniyada eng yangi texnologiyalarni ishga tushirishga ham alohida e’tibor beriladi. MTS-O’zbekiston kompaniyasi MDH va Markaziy Osiyodagi innovatsion to’rtinchi avlod tarmog’ini (LTE) O’zbekistonda ishga tushirgan birinchi mobil operator bo’ldi. Bugungi kunda 4G tarmog’I Toshkent shahrining markazida ishlamoqda, kelajakda kompaniya 4G tarmog’I xizmat doirasini O’bekistonning barcha yirik shaharlarida ham ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top