Infocom.uz

O’zbekistonda axborot texnologiyalarining yuksalishi va muammolari

O’zbekiston boshqa davlatlar bilan munosabatlarini va do’stona aloqalarini o’rnatshiga kirishdi. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi. Jahoning ko’plab mamalakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita o’rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta e’tibor berildi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Shu jumladan, mamlakatimizda ham bunday ishlarga befarq qaralmayapti. Bunga misol, 2000 yil mart oyida vatanimizda birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi. Festival 15 turdagi yo’nalishlardan iborat bo’ldi. Shular qatori, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar haqida yo’nalishlar mavjud. Bu diyorimizda axborot texnologiyalariga talab va e’tibor kuchli ekanligini ko’rsatadi. O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib,elektron hisoblash mashinasi ishga tushirilgan. 1956 yilda O’zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo’limi ochildi.Bu O’rta Osiyo respublikalari ichida birinchi bunday bo’lim ochilishi edi. 1958 yilga kelib esa dekabrning o’ttizinchi kuni O’rta Osiyoda birinchi bo’lib “Ural”elektron hisoblash mashinasi tashkil etildi. Bunday rivojlanish va e’tibor o’z kuchini ko’rsatdi. Toshkent shahri elektron-hisoblash mashinalari sohasidagi markazlarning biriga aylandi. Bunday katta yutuqlarni yanada mustahkamlash maqsadida 1962 yil Toshkent shahrida M20 rusumli, yarim o’tkazgichli M220 rusumli,”Minsk 22” , ”Ural 2” , “BCM6-1” , “BCM6-2” rusumli elektron-hisoblash mashinalari ishga tushirildi. Uskunalarning ishga tushirilishi yanada yangi izlanishlar va rivojlantirish ihslari yanada avj olib ketdi. Bunday rivojlantirishlar yangi ehtiyojlarni sezdi va 1966-yilda bo’lim nagizida yangi “Kibernetika”ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ochildi. O’zbekistinimiz mustaqil bo’lgandan so’ng ham axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi va bu bo’lim, birlashmalar yanada rivojlantirildi. 2001 yil “Kibernetika”ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yangi axborot texnologiyalari markazi barpo etildi. Mustaqil O’zbekistonimizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo’llash va ularni samarali, sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar o’tkazildi va yanada yangi yo’nalishlari rejalashtirilmoqda.

”Informatika” fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish, kompyuter dasturlari bilan tanishish, o’sib kelayotgan yosh avlodni elektron-hisolash mashinalari bilan tanishtirish, ularni o’rgatishni yangi bosqichlarini ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va asosiy mavzusiga aylangan. Maktab, kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob beradigan kompyuterlar bilan ta’minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan ishlash o’rgatish, O’zbekistonni har jabhada jahonga ko’rsatish asosiy vazifadir. Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kamolot” ko’p va ho’p ishlar qilmoqda. Bizning shaharda “Kamolot”ning bo’limi mavjud. “Kamolot” yoshlarni bo’sh vaqtini qiziqarli o’tkazish maqsadida, bo’limga “Ingliz tili” kursi va “Informatika” kursi tashkil etdi. U yerga “Kamolot” tomonidan zamonaviy kompyuterlar berildi. Bu O’zbekistonda axborot texnologiyalarining qanday rivojlanayotganligi bir kichik va oddiy misoldir. Jahonning ko’p davlatlari O’zbekistonimizga boshqacha ko’z bilan qarashmoqda. Yosh avlodga ko’rsatilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar boshqa davlatlarni xavasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish yo’lida ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi. O’zbekiston ko’p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi. Mamlakatimizning axborot texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab chiqarish salohiyatidir. Bizda ham bosqichma-bosqich shu muammolarni yechishga astoydil harakat qilinmoqda. Bizning olimlar bu muammolarni yechishga harakat qilmoqdalar, lekin baribir bu jabhalarda kemtik borga o’xshaydi. Baribir O’zbekistonimiz bu muammolarni asta-sekinlik bilan hal qiladi. Har bir davlatda ham muammolar mavjud faqat o’z milliyligini, aqlini ishlatgan davlatlar muammolarni hal qiladi. O’zbekistonda mustaqil bo’lgandan so’ng, asta sekin rivojlanish yo’liga o’tdi. Respublikamizda chet el firmalari ish boshladi. Bu firmalar boshida Amerikaning COMPUTER-LAND firmasi turadi. Bu firma sehrli diyorimizda 1991-yildan buyon faoliyat ko’rsatadi. Chet el firmalari nafaqat kompyuterlarni sotish, balki bizning mutaxassislar bilan birga ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqishi zarurdir. Mamlakatimizda ishlab kelayotgan kompyuterlar soni 100 mingdan oshib ketdi. Ular, asosan, IBM, COMPAQ, HEWLETT, PACCARD, EPSON, DAEWOO, SONY firmalarining mahsulotlari hisoblanadi. Poytaxtimiz Toshkentda COMPUTERLAND/MBL firmasi filiali joylashgan. Bu yerda yosh avlodlar bilim olishlari mumkin. Vatanimizda chet el firmalarining kengaytirishda “O’zekspomarkaz”ning roli katta. Har yili markazda kompyuter, axborot texnologiyalari, bizness sohasida ko’plab anjuman, seminar, festivallar bo’lib o’tadi. Bu yerda yoshlar qatnashib, diyorimizda axborot texnologiyalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shadilar. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shayotgan insonlardan biri bu Nigmatov Hikmatillo hisoblanadi. Bu inson yoshlarni o’qitishda, yangi g’oyalarni ilgari surishda va ularni amalga oshirishda katta xizmat ko’rsatgan. Uning taklifi bilan Toshkentda axborot texnologiyalari tarmog’i yaratildi. Hozirgi XXI asrdagi eng muhim va qulay bu Internet hisoblanadi. Axborot texnologiyalari haqida ham mamlakatimizda internet provayderlar mavjud. [url=http://www.ComSost.uz]www.ComSost.uz[/url] saytida axborot texnologiyalari haqida eng so’nggi ma’lumotlar mavjud. Saytga deyarli har kuni yangi ma’lumotlar kiritiladi. Bu saytda ko’proq yoshlar ishtirok etadilar. Yana axborot texnologiyalari haqidagi saytlar: O’zbekiston aloqa va telekommunikatsiya (UzPak) [url=http://www.uzpak.uz]www.uzpak.uz[/url], Vazirlar Mahkamasi huzuridagi axborot-kompyuter xizmati (UzNet) [url=http://www.uznet.uz]www.uznet.uz[/url], Sarkor-Telekom [url=http://www.sarkortelecom.uz]www.sarkortelecom.uz[/url], Uzbekistan Freenet [url=http://www.freenet.uz]www.freenet.uz[/url], Ishonch [url=http://www.ishonch.uz]www.ishonch.uz[/url], Simus [url=http://www.simus.uz]www.simus.uz[/url], EastLink [url=http://www.eastlink.uz]www.eastlink.uz[/url], BCC [url=http://www.bcc.com.uz]www.bcc.com.uz[/url] va boshqalardir. Men o’ylaymanki, mamlakatimizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi va yuksalishi bundan keyin ham davom etadi. Keyingi o’sib kelayotgan yosh avlod mamlakatimiz berayotgan imkoniyatlardan to’liq foydalangan holda, bu ishlarni amalga oshiradi. Mana bu 2008-yil ham yoshlarga bag’ishlanib, yurtboshimiz tomonidan “Yoshlar yili” deb e’lon qilindi. Yurtboshimiz ham yoshlarga katta e’tibor berib, ularga katta imkoniyatlar yaratib qo’ydi. Biz hamma ta’lim muassalarda, instut, universitetlarda zamonaviy axborot texnologiyalarini ko’rishimiz mumkin. Yoshlarga eng katta imkoniyat chet elga borib o’qish imkoniyati berildi. Mana Rossiya, AQSH, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Malaziya, Koreya xullas dunyoning ko’plab mamlakatlariga borib o’qib ta’lim olishlari mumkin. U yerlarda o’qib sehrli diyorimizga qaytib, yaxshi malakali mutaxssis bolib yetishib, davlatimizga kerakli inson bo’lib yetishlari shart. Mamlakatimiz axborot texnologiya mutaxassislari chet ellik IT-mutaxassislari bilan fikr almashib O’zbekistonga foyda keltirishlari kerak. Vatanimizda axborot texnologiyalarini o’zimiz ishlab chiqarib, mamlakatimizda birinchi o’rinda shu ishlarni yo’lga qo’yishimiz lozim. Albatta bu oson kechmaydi, ammo ishmi bu ish, hamma ish ham oson emas. Ularni amalga oshirishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi, biroq shunday qiyinchiliklarni yengan inson haqiqiy inson bo’ladi-da. Kompyuterlarni o’rganishda chet elda o’qiydigan yoshalarni shu o’qishlarga jalb etib, ularni yo’nalishlarini o’rganish kerak. So’ng, o’z yo’nalishini tanlab ish olib kerak.

O’zbekistandagi muammolar shundan iboratki, mening takliflarim mavjud:
1. Litsenziyali dasturlardan foydalanish.
2. O’zbek tilidagi kompyuter dasturlarini ko’paytirish.
3. Milliy dasturlash maktabini yanada jadal sur’atda rivojlantirish.
4. Axborot texnologiyalari mutaxassislari sonini ko’paytirish.
5. Qishloqlarga ham, u yerdagi maktab, kollejlarga Internet olib kirish.
Asosiysi, milliy dasturlash maktabini yanada jadal sur’atda rivojlantirishdir. Poytaxtimiz Toshkemtda Moskva Davlat Universiteti (MDU) filiali ochilgan. Bu ham kam, bu universitet filiallarini mamlakatimizdagi boshqa viloyatlarda ham oshish kerak. Maktab, litsey, kollejlarda kompyuterlar sonini ko’paytirish va ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’milash. Shu bilim dargohlarida axborot texnologiyalari mutaxassislarini ko’paytirish, ayniqsa, qishloqlardagi mutaxassislarni jadal sur’atda ko’paytirish. Ko’p maktablarda kompyuterlar o’quvchilarga yetishmaydi, shu narsalarni e’tiborga olish zarur. Toshkentda ko’p davlatlarning universitet filiallari mavjud o’sha filiallarni viloyatlarda ham ochish kerak. Agar axborot texnologiyalarini O’zbekistonda yuksak darajada bo’lishini istasak, “Informatika” fani o’qituvchilarini har oyda o’qitib, ularni malakasini oshirishimiz zarur.

O’zbekiston dunyoda eng barqaror, tinch va kuchli davlatga aylansin. Mamlakatimizni rivojlanishiga ko’z tegmasin. Diyorimizda axborot texnologiyalari rivojlanib, yuksak saviyada bo’lsin. Jannatmakon o’lkamiz nafaqat axborot texnologiyalarida balki, boshqa jabhalarda ham o’zini ko’rsatib qudratli davlatga aylanishini tilayman. Yoshlar ham O’zbekistonimizni bayrog’ini baland ko’tarib, jahonga yoysin. Men O’zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanishiga katta hissa qo’shishga bor vujudim bilan harakat qilaman.

Muallif: Sardor Jo’raboyev Shavkatbek o’g’li , Asaka Akademik Litseyida o’quvchisi

Танловга тақдим этиладиган материалларга талаблар [url=http://uz.infocom.uz/more.php?id=231_0_1_20_M]http://uz.infocom.uz/more.php?id=231_0_1_20_M[/url]

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top