Infocom.uz

O‘zbekistonda “Bilayn” II chorakda barcha ko‘rsatkichlarning qat’iy o‘sishini namoyon qilmoqda

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 2010 yilning ikkinchi choragiga nisbatan (51 mln. AQSH dollaridan) 28% o‘sib, 66 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bunda chorakdan chorakka qadar o‘sish 12% ni tashkil qildi.

O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy mablag‘larning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar amortizatsiyasi) 2010 yilning II choragiga nisbatan 42% ga o‘sdi ($20 mln. dan $28 mln. gacha). Bir vaqtning o‘zida operatsiyalar marjinalligi 4% oshdi.

Ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha “Bilayn” mobil aloqa abonentlarining soni 5 347 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, aprel-iyun oylarida abonent shartnomalari sonining o‘sishi qariyb 245 000 tani tashkil qildi (+5%). Yillik o‘sish – 34% (3 997 000 kishidan).
Bitta mobil aloqa operatorining oy davomidagi o‘rtacha hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) 2011 yil birinchi chorakka nisbatan 5% ga o‘sib, $4 ni tashkil etdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni) 5,7% ga oshdi (yanvar-mart oyidagi 390,7 daqiqaga nisbatan 413 daqiqa).

“VimpelKom”ning ikkinchi chorakdagi birlashgan foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109%.ga oshib, 5,532 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. EIBDA 2,184 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilandi, OIBDA birlashgan marjasi esa 39,5% ni tashkil etdi.

“Kompaniya o‘sishning qat’iy sur’atlarini namoyon qilmoqda. Bu esa nafaqat ertangi kunga ishonch bilan qarashga, balki birinchi yarim yillikning o‘zida qariyb 66 million dollarni tashkil qilgan biznes rivojlanishi uchun keyingi miqyosli investitsiyalarni rejalashtirish imkonini beradi. “Bilayn” bozori ulushiga kelsak, turli aloqa operatorlari abonentlarning ketishini hisobga olish bo‘yicha turli usullarni qo‘llashi sababli “VimpelKom Ltd.” bu haqda ma’lumot bermaydi. Bu holat hisobotlarda chalkashliklarga hamda yakuniy raqamlarda aniqlik bo‘lmasligiga olib kelishi munosabati bilan biz daromad hajmiga qarab ish qilishni ma’qul ko‘ramiz. Fikrimizcha, kompaniyaning bozordagi ulushi to‘g‘risida shu holat yaxshi axborot beradi”, – II chorak yakunlarini sharhladi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top