Infocom.uz

O‘zbekistonda “Bilayn” investitsiyalari yil davomida 200% dan ortiqqa o‘sdi

O‘zbekistonda III chorakda savdo va abonent bazasini ko‘paytirishda ijobiy dinamika davom etdi va bu bozorda “Bilayn” mavqeini yaxshilashga xizmat qildi. Daromad o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 36% ga oshdi, marketing va savdo, hududiy 3G tarmoqlarini qurish va ma’lumotlar yetkazish xizmatini rivojlantirish sohasidagi choralar hisobiga yilga nisbatan 58% ga o‘sdi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 2010 yilning uchinchi choragiga nisbatan (54 mln. dollardan) 36% ga o‘sib, 73 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bunda chorakdan chorakka o‘sish qariyb 11% ni tashkil qildi.

O‘zbekistonda EBITDA (asosiy vositalarning eskirishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ushlab qolishgacha bo‘lgan operatsion foyda) to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi 2010 yilning III choragiga nisbatan 58% ga o‘sdi ($22 mln.dan $35 mln.gacha). Bir vaqtning o‘zida operatsiyalarning marjinalligi 6,6 foizlik punktga o‘sdi.

O‘zbekistonda “Bilayn” mobil aloqasi abonentlarining soni uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha 5 688 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, iyul-sentabr oylarida abonent shartnomasi soning o‘sishi qariyb 341 000 (+6%) ni tashkil qildi. Yillik o‘sish – 29% (s 4 398 000 kishi).

Bitta mobil aloqa operatorining oy davomidagi o‘rtacha hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) $4 darjasida qoldi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni) 4% ga oshdi (iyul-sentabr oyidagi 413 daqiqaga nisbatan 431 daqiqa).

“VimpelKom”ning uchinchi chorakdagi birlashgan foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10%.ga oshib, 6,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. EBITDA 2,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilandi, OIBDA birlashgan marjasi esa 41,6% ni tashkil etdi. Jahon bo’yicha abonentlarning umumiy soni sentyabr oyining yakuniga ko’ra 199 mln.ni tashkil qildi.

“Biz uchinchi chorakda barcha biznes birliklarimizda erishilgan, daromadning ikki xonali o‘sishi kabi ishonchli natijalardan qoniqdik. Oktabr oyida umumiy abonent bazasi hajmi 200 millionlik ko‘rsatkichdan o‘tdi, – qayd qiladi “VimpelKom Ltd.” ning Bosh boshqaruvchi direktori Djo Lunder. –Wind Telecom bilan birlashuv jarayoni belgilangan jadvaldan oldinda ketmoqda va yilning oxiriga borib, tugatiladi. Biz sof diskontlangan narx bo‘yicha hisoblangan, rejalashtirilgan 2,5 milliard AQSH dollaridan 1,9 milliard AQSH dollari hajmida sinergiyalar olinishini ta’minladik”.

“Kompaniya O‘zbekistonda nafaqat o‘zining bozor ulushini oshirgan holda, balki rivojlanishga katta mablag‘larni kiritib, ildam oldinga qarab harakatlanmoqda: mamlakatimizda “Bilayn” investitsiyalarining o‘sishi 2010 yilning xuddi shu davriga nisbatan 202 foizni tashkil qildi. Mutlaq raqamlarda bu 68 million dollar qiymati bilan ifodalanadi. Bu aynan shu holatki, unda investitsiyalar millionlab kishilarga ta’sir qildi: O‘zbekistonning 130 ta shahari va aholi punktlari aholisi uchinchi chorakda 3G texnologiyasi bilan qamrab olindilar”, – III chorak yakunlarini sharhladi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top