Infocom.uz

O‘zbekistonda “Bilayn”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori etib Sergey Zakurayev tayinlandi

“Bugun barcha hududiy filiallarimiz uchun “Bilayn” ni bozordagi o‘rnini mustahkamlash va tarmog‘imizning texnologik asoslarini rivojlantirish vazifasi turadi” – deydi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Sergey Zakurayevning Vetnam va Rossiyada telekom-biznes qurilishidagi ulkan tajribasi hamda natijani ko‘zlashi yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda ko‘mak berishiga ishonchim komil”.

beeline_16_02_2011

“Kuchli raqobat va aloqa texnoligiyasi hamda Internetning gurkirab rivojlanishi sharoitida hududiy tarmoqni boshqarish – bu jiddiy taklif. Men O‘zbekistonda o‘z faoliyatimga ulkan g‘ayrat bilan kirishaman. Yaqin kunlarda “Bilayn” mamlakatda yashovchilar uchun o‘nlab shaharlarni qamrab oluvchi 3G ba‘za tarmog‘i xizmatlarini taklif qilishni rejalashtirgan. Ishonamanki, diler tarmoqlarining rivoji va shu sohada eksklyuziv ofislarning ochilishi abonentlarimizni yuqori sifatli xizmat bilan ta’minlaydi” – dedi Sergey Zakurayev.

Sergey Zakurayev 1974 yilda Stavropolda tug‘ilgan. 1995 yilda esa Stavropol Oliy Aviyatsiya-injenerlik maktabida ta’lim olgan. O‘quv jarayonini Rossiya Federatsiyasining Xalq xo‘jaligi akademiyasida davom ettirgan. 2003 yil ish boshqaruvchi yo‘nalishida Magistrlik darajasiga erishadi. Sergeyning sohadagi ish faoliyati 1999 yilda “StavTeleSot” YOAJ kompaniyasidagi direktorlik lavozimidan boshlandi. Uning qo‘l ostida savdo, marketing, abonentlarga xizmat ko‘rsatish, va jamoat bilan aloqalar bo’yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish tashkil etildi. To‘rt yil davomida distribyuterlik tarmoqlari bo‘yicha ishlarni takomillashtirdi va ikkita tarmoqli kompaniya hamda bir nechta ofislar faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Sergey Zakurayev 2003 yilning iyulidan boshlab “VimpelKom” tizimida Janubiy hududda (“Bilayn”ni bozor ulushi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa olib chiqqan) tijoriy direktor, Stavropol filialining direktori (filialning “StavTeleSot” YOAJ bilan muvaffaqiyatli qo‘shilishi) va Rostov-na-Dondagi filial direktori lavozimlarini ketma-ket egallab kelgan holda faoliyat yuritib kelmoqda.

2008 yil oktyabr oyida Sergey JSV “GTel-Mobile” – “VimpelKom” OAJ “Bilayn Vetnam” brendi ostidagi “GTel” bilan qo‘shma korxonasining tijoriy direktori etib tayinlandi va u yerda “noldan” yangi kompaniyaning tijorat direksiyasini takshil qildi.
Sergey Zakuraev “VimpelKom” ning oliy korporativ mukofoti – “Brilliantovaya pchela”ga sazovor bo‘lgan. Oilali, ikkita o‘g‘ilni tarbiyalamoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top