Infocom.uz

O‘zbekistonda elektron tijorat sektori tahlili (2024-yilgacha)

So‘nggi to‘rt yil ichida, O‘zbekistonning elektron tijorat bozori katta yutuqlarga erishdi. Koronovirus pandemiyasi va «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasining qabul qilinishi, respublikaning butun iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi. KPMG konsalting kompaniyasining hisoblariga ko‘ra, elektron tijorat bozori yiliga 40% foizga o‘sib boradi va 2027 yilga kelib 1,76 milliard dollargacha yetadi. Ijobiy hisobotlarga ko‘ra, bozor 2,16 milliard dollarga yetgan holda 7 baravar o‘sishi mumkin.

 1 Rasm. Yillik ortacha osish sur’ati (2022-2027): 41.4%

KPMG ma’lumotlari asosida RITM tomonidan yaratilgan

KPMG hisobotiga ko‘ra, bunday tez o‘sish bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  ⮚Internetning mavjudligi va tezligi;

  Smartfonlarning soni ko‘payishi va mobil bank xizmatlarining rivojlanishi;

  ⮚Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlar;

  ⮚Iqtisodiyotda naqd pulsiz to‘lovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlar.

Texnologik taraqqiyot, iste’molchilarning xatti-harakatlarining o‘zgarishi, hukumatning tashabbuslari, bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi, qulay elektron tijorat ekotizimining rivojlanishi va shu kabi omillar ta’sirida respublikaning elektron tijorat bozori tarkibi doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda.

Shuni ham ta’kidlash joizki, 2022-2023 yillarda O‘zbekiston venchur bozorining sezilarli o‘sishi sodir bo‘ldi. Ushbu davrda, umumiy ravishda 23 ta bitim tuzilgan bo’lib, ulardan 5 tasi rivojlanayotgan elektron tijorat sektoriga qaratilgan. Elektron tijorat sektoridagi ushbu muhim tendensiya, O‘zbekistonning raqamlashtirish va zamonaviy iste’mol odatlarini qabul qilish jarayonining paydo bo’lishini ta’kidlaydi. Investorlar ushbu sektorning ulkan salohiyatidan xabardor bo‘lib va u taklif qilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga intilishmoqdalar.

2022-yil dekabr oyiga kelib, O‘zbekiston elektron tijorat bozorining umumiy hajmi 311 million dollarga baholandi. Ushbu bozorning yetakchilariga: Elektron va maishiy texnika (108 mln.), Kiyim-kechak (59 mln.), Oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari (10 mln.), Uy-ro‘zg‘or buyumlari (10 mln.), Sog‘liqni saqlash va go‘zallik mahsulotlari (5 million) va boshqalar (119 million) kirdilar.

Quyidagi berilgan jadvalga (rasm.2) ko‘ra, respublikaning elektron tijorat bozorida Uzum ekotizimi so‘zsiz yetakchilik qilmoqda. Ushbu ilova quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Uzum Nasiya, Uzum Tezkor, Uzum Market va Uzum Bank.

2 Rasm. O‘zbekistondagi elektron tijorat bozorining mahalliy rahbarlari

KPMG ma’lumotlari asosida RITM tomonidan yaratilgan

Kompaniyaning bu kabi tez o‘sishi umuman olganda, foydalanuvchilarning odatlarining tubdan o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘lib, ular ham respublikadagi yoshlarning yuqori ulushiga kiradilar.

Bugungi kunda Uzum Market buyurtmalarining 45% foizi Uzum Nasiya orqali to‘lanadi, bu esa yetkazib beruvchilar biznesining o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, bu ilovada har kuni 300 ga yaqin yangi sotuvchilar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes va yirik kompaniyalar kiradi.

Uzum ekotizimi hozirda O‘zbekiston bo‘ylab 72 ta aholi punktlarida mavjud bo‘lib, mijozlarga 600 mingdan ortiq mahsulotlarni buyurtma qilish imkoniyatini beradi. Biroq, Toshkent shahar buyurtmalarining umumiy soni faqatgina 30% foizni tashkil qiladi, platformaning eng faol foydalanuvchilari esa respublikaning viloyatlarda joylashgan bo‘lib, butun ekotizimning o‘sishi uchun ular katta imkoniyatlar yaratadi.

Uzum-ning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan Zood ekotizimiga kelsak, u quyidagilardan iborat: ZoodShip, ZoodPay va ZoodMall. Bu ekotizim Pokiston, Livan va O‘zbekistonda 300 milliondan ortiq jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga innovatsion va ommaviy moliyaviy vositalarni taqdim etish orqali, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan raqamli moliyalashtirish platformasidir.

Ushbu ekotizim jami 10 milliondan ortiq foydalanuvchilardan (O‘zbekistonda 5 million), 7 million mahsulotlardan, 600 xodimlardan va 30 ming sotuvchilardan iborat. Biroq, Zood-ning bosh ofisi Shveytsariyada joylashgan bo‘lib, uning filiallari dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat yuritayotganiga qaramay, hozirda ular Uzum ekotizimidan keyin ikkinchi o‘rinda joylashmoqdalar.

Shuningdek, butun elektron tijorat bozorida sog‘lom raqobatni qo‘llab-quvvatlaydigan xorijiy marketpleys platformalarining bozorga kirishini ta’kidlash zarurdir. Wildberries va Ozon kabi xorijiy onlayn tijorat ilovalarining paydo bo‘lishi bilan iste’molchilar uchun respublikadan tashqarida mahsulotlarni tanlashda tobora ko‘proq imkoniyatlar yaratdi.

2023-yilning birinchi yarmida, O‘zbekistondan Wildberries mahsulotlarini sotish hajmi 12,7 milliard rublni tashkil etdi. Mahalliy tadbirkorlar soni esa 1,5 baravarga o‘sdi. Bunga platformada boshlang‘ich sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirilishi, shuningdek, ularni marketpleys bilan tanishtirish uchun veb-seminarlar o‘tkazilishi yordam berdi.

Shu bilan birga, Wildberries-ning topshirish punktlari sotuvchilardan mahsulotlarni qabul qiladilar, bu esa respublika bo‘ylab buyurtmalarni yetkazib berishning o‘rtacha 2,5 baravar tezlashtirishga, hamda tadbirkorlarning logistik xarajatlarini kamaytirishga imkon bermoqda.

Hozirgi kunda, Wildberries marketpleysi, Toshkent shahar bo‘ylab 69 tadan ortiq topshirish punktlarini ochdi. Ozon-ga kelsak esa, ular yangi bozorning o‘zlashtirish yo‘lini endi boshlashmoqdalar.

Xulosa va takliflar

Yuqorida berilgan tahlilga asoslanib, Ozbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot sektori, jahon bozorida osib borayotgan, va investitsiyaviy salohiyatga ega bo‘lgan, rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanishi ayon bolmoqda. Biroq, ushbu barqaror osishni yanada qollab-quvvatlash uchun hukumat o‘z e’tiborini quyidagi omillarga qaratishi zarur:

Talab tomonidan:

  • Logistika va infratuzilma muammolari;
  • Cheklangan elektron tijorat infratuzilmasi;
  • Tolov shlyuzlari va moliyaviy xizmatlarning integratsiyasi; 
  • Mijozlarning qollab-quvvatlanishi va sotish jarayonidan keyin ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Taklif tomonidan:

  • Tolovlar xavfsizligi;
  • Iste’molchilarning xatti-harakatlari;
  • Internetga cheklangan ulanish;
  • Raqamli savodxonlikni rivojlantirish.

Manbalar: 1 2

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top