Infocom.uz

O‘zbekistonda Fintex sohasi tahlili

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasi tomonidan O‘zbekistonda jadal rivojlanib borayotgan hamda mamlakatimizning investitsion salohiyatini oshirishga hissa qo‘shayotgan fintex sohasi bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda respublikamizda 3 ta to‘lov tizimi operatorlari, 48 dan ortiq to‘lov tizimlari va 3 ta raqamli banklar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Qolaversa, respublika hududida 39,5 mln. dona plastik kartochkalar muomalada, bu degani aholi jon boshiga deyarli 1 dona plastik kartadan to‘g‘ri keladi. Muomaladagi bank kartalarining 41% ulushi Xalq banki (8.4 mln.), Agrobank (4,2 mln.) va Ipoteka banklariga (3,4 mln.) to‘g‘ri keladi. Bank kartalari orqali savdo amaliyotlari esa, Respublika bo‘ylab o‘rnatilgan jami 428 mingta to‘lov terminallari orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida esa 24 mingdan oshiq bankomat va infokiosklar ishga tushirilgan.

2020-2022-yillda yillarda O‘zbekistonning fintex sektori kriptovalyuta texnologiyalari va blokcheynga qiziqish bildira boshladi. Buning natijasida kriptovalyutalar salohiyatini o‘rganish va ulardan turli sohalarda, jumladan, xalqaro transfertlarda, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda foydalanishga qaratilgan bir qator tashabbus va tajribalar o‘tkazildi. Amalga oshirilgan tashabbuslar natijasida, Janubiy Koreyaning KOBE Group shirkati tomonidan 2020 – yilda Markaziy Osiyoda birinchi litsenziyaga ega bo‘lgan UzNEX kriptobirjasi tashkil etildi. Qolaversa, so‘ngi yillarda mamlakatda litsenziyaga ega kriptodo‘konlar ham o‘z faoliyatini boshlagan (Crypto Trade NET, Crypto Market, Crypto Express, Coinpay). Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra ushbu kripto kompaniyalari mamlakatimiz budjetiga 3.5 mlrd. so‘m soliq to‘lagan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda IT-kompaniyalarga investitsiyalarni jalb qilish ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu tendensiya mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sohasi jadal rivojlanib borayotgani va uning investorlar uchun jozibadorligidan dalolat bermoqda. Bunga isbot tariqasida, quyidagi venchur jamg‘armalar tomonidan 2022-2023 davr mobaynida 24 ta startap loyihalarga jami 3.4 mln. AQSh dollar miqdorida investitsiyalar kiritilganligini keltirish mumkin. Xususan,

  • AloqaVentures – $ 1.8 mln.;
  • UzVC – $ 700 ming;
  • Semurg VC – $ 550 ming;
  • UzCard VC – $ 270 ming.

“AloqaVentures” venchur fondi 2022-2023 yillarda startap loyihalarni moliyashtirsh va ularni qo‘llab quvvatlashda eng faollaridan biri bo‘lib, hozirda fond tomonidan 20 ga yaqin startap loyihalar moliyashtirilgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top