Infocom.uz

“O’zbekistonda ishlab chiqarilgan”

Bugun mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ida ikki mingdan ortiq telefon stantsiyalari mavjud bo‘lib, ularning 60 foizidan ortig‘i, zamonaviy, ya’ni raqamli telefon stantsiyalari bilan to‘liq jihozlangan.

Ushbu telefon stantsiyalari aholiga sifatli xizmatlardan tashqari, ma’lumotni uzatish tarmog‘i va yana bir qator qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sifatli aloqa xizmatidan foydalanishda albatta, telefon qurilmasining o‘rni katta. Zero, hozirgi vaqtda, bozorlarda va do‘konlarda xorijdan keltirilgan, turli-tuman telefon apparatlarini uchratish mumkin. Ularning sifat andozalari hamda narxi iste’molchi talabini to‘la qondirishi mushkul. Eng ajablanarlisi shundaki, raqamli stantsiyalarni taqdim etayotgan ayrim qo‘shimcha xizmat turlari yuqorida zikr etilgan telefon qurilmalari bilan hamohang darajada ishlamasligi mumkin. Negaki, raqamli telefon stantsiyalari taqdim etayotgan ayrim qo‘shimcha xizmat turlarida telefon qurilmasi orqali amalga oshiriladigan, zarur funksiyalarni ta’minlash va undan to‘g‘ri foydalanish talab qilinadi.

Aholiga hamda mijozlarga sifatli va arzon telefon qurilmalarini taqdim etish bugunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shunday vazifalarni amalga oshirish maqsadida, “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi qoshidagi “Telekom ta’minot xizmat” sho‘ba korxonasi va “Ist Telekom” qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda yana bir loyihani amalga oshirdilar. Mazkur loyiha doirasida, o‘zimizda, ya’ni O‘zbekistonda ET-2005N rusumdagi telefon apparatlari ishlab chiqarildi va uning sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu telefon qurilmasi yuqorida sanab o‘tilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etib, raqamli telefon stantsiyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlardan foydalanishda juda qo‘l keladi.
Telefon qurilmasi sodda, ixcham va qulay ko‘rinishda ishlab chiqilgan. Quyida uning texnik tavsifiga oid ma’lumotlarni keltiramiz:

ET-2005N telefon qurilmasi maxsus muvofiqlik sertifikatiga ega. Uning hozirgi narxi 12.84 AQSh dollari (yoki ekvivalent hisobida 15.700 so‘m) deb belgilangan.

Telefon xarid qilinganida, uning to‘plamida quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim:

1.Telefon apparati.
2. Telefon apparatidan foydalanishda “Foydalanuvchi qo‘llanmasi” (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
3.Telefon pasporti.

Telefon qurilmasidan foydalanishdan avval albatta, uning orqa panelida joylashgan qismga e’tibor qilish lozim, chunki ushbu qismlari aynan telefon stansiyalari orqali amalga oshiriladigan tonal (T) yoki impul (P) terilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hamda telefon qo‘ng‘irog‘ining tovush darajasini kamaytirish (L) yoki kuchaytirish (H) qismi ham aynan o‘sha joyda joylashgan.

Hozirgi kunda, telefon qurilmalarini ishlab chiqarish majmuasi Andijon viloyatida barpo etilgan bo‘lib, joriy yilning may oyidan boshlab, mahsulotni butlovchi uskunalarini yig‘ish va uni har tomonlama tekshirish hamda tayyor mahsulot sifatida ishlab chiqarish, andijonliklar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur korxonaning dastlabki mahsuloti ET-2005N rusumidagi telefon qurilmasi bo‘lib, shu yilning oxiriga qadar, 60 000 ga yaqin ana shunday telefon apparatlarini ishlab chiqarish asosiy vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Kelajakda mazkur telefonlarning yangi boshqa rusumdagi turlarini ishlab chiqarish, shuningdek, ularning sotuvini nafaqat O‘zbekiston hududida amalga oshirish, balki chet ellarga ham eksport qilishni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

pic

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top