Infocom.uz

O‘zbekistondagi 1 raqamli rouming-operator muloqot chegaralarini yana kengaytirmoqda

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar ximati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Roppa rosa bir yil avval biz O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operatorga aylandik va o‘sha paytdan beri rouming-hamkorlarimiz tarmog‘ini jiddiy kengaytirdik. Yangi yil safarlarini rejalashtirib, abonentlarimiz tayinlangan joydan qat’iy nazar aloqada qolishlariga ishonishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” O‘zbekistonda 1 raqamli rouming-operator hisoblanadi va uning abonetlari uchun uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Edilikda CAMEL-rouming xizmatlari “Orange” (Tunis), “Trilogy” (Dominikana), “VIP Mobile” (Serbiya), “Jersey Telecom” (Buyuk Britaniya), MTN (Kipr), MCI (Eron), “Telkomsel” (Indoneziya), “Unitel” (Mongoliya) va “Vodafone” (Qatar) hamkorlik tarmoqlarida ham amal qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top