Infocom.uz

O‘zbekistondagi 1 – raqamli rouming-operator muloqot sarhadlarini yanada kengaytirmoqda

GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “Wind” (Italiya), “O2” (Buyuk Britaniya), “PCCW” (Gonkong), “Cable&Wireless” (Panama), “Mobitel” (Bolgariya), “Vodafone” (Malta) “DoCoMo Pacific” (Guam) kompaniyalari bilan shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, endlikda “Bilayn” abonentlariga “Telecel” tarmog‘ida (Markaziy Afrika Respublikasi) ham ovozli rouming taqdim etiladi.

beeline_11_05_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “Mobil Internet” bizni hayotimizda mustahkam o‘rnashdi va ko‘plab mijozlarimiz safar paytlarida bundan voz kechishni istamaydilar, kecha olmaydilar ham. “Bilayn” O‘zbekistonning yetakchi rouming-operatori sifatida bu borada imkoniyatlarni maksimal darajada kengaytirishga harakat qilgan holda, dunyoning turli qismlaridan yangi hamkorlarni izlashda davom etmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top