Infocom.uz

O‘zbekistondagi 1 raqamli rouming-operator xalqaro roumingini yangitan kengaytirmoqda

“DTAC” (Tayland), “Vodafone” (Avstraliya), “BPL Mobile – Mumbai” (Hindiston), “Serbia Telecom” (Serbiya) va “E-Plus” (Germaniya) kompaniyalari bilan GPRS-rouming xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, endilikda “Bilayn” abonentlariga “Africell” (Serra-Leone), “MTN” (Suriya), “Elisa” (Finlyandiya), “Union” (AQSH), “Vivacell” (Sudan) va “VimpelCom Lao” (Lao) tarmoqlarida ovozli rouming taqdim etiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “Hamkorlarimiz ro‘yxatini bu kabi faol to‘lidirishda birinchi raqamli rouming-operator abonentlari dunyoning istalgan nuqtasiga bora turib, qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqa qilish haqida qayg‘urmasalar ham bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonentlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top